28.11.2024 13:23
386
Rossiya yana Ukraina energetika obʻʻektlariga yalpi zarbalar berdi
Rossiya Ukraina energetika obʻʻektlariga 90 dan ortiq raketa va 100 ga yaqin dron bilan ommaviy hujum uyushtirdi. Butun Ukraina boʻylab elektr taʻʻminotida favqulodda uzilishlar kuzatildi. Tomonlar avvalroy bir-birlarining energetika obʻʻektlariga zarbalar bermaslik boʻyicha muzokaralar olib borayotgan edi.
28 noyabrʻ kuni ertalab Rossiya qoʻshinlari Ukraina energetika tizimiga raketa va uchuvchisiz uchoqlar yalpi zarbalarni yoʻlladi. Bu haqd Ukraina energetika vaziri German Galushenko maʻʻlum qildi.
«Energetika yana dushmanning ommaviy zarbasi ostida qoldi. Butun Ukraina boʻylab energiya obʻʻektlariga hujumlar uyushtirilmoqda. „Ukrenergo“ uzatish tizimi operatori shoshilinch ravishda elektr energiyasini oʻchirdi. Xavfsizlik bilan bogʻliq vaziyat yaxshilangach, oqibatlar aniqlanadi», — deb yozdi u Facebook sahifasida.
Odessa, Ivano-Frankivsk, Lʻvov, Volin, Roven, Xmelʻnitsa, Kirovograd va Kiev viloyatlarida portlashlar sodir boʻldi, deya maʻʻlum qildi ukrain matbuoti. Halok boʻlganlar va jabrlanganlar haqida maʻʻlum qilinganicha yoʻq.
Ukraina Energetika vazirligining aniqlik kiritishicha, bu Rossiyaning Ukraina energetika infratuzilmasi obʻʻektlariga bir yil ichida qilgan 11-hujumi. «Energetiklar imkoni bor joylarda zaxira elektr taʻʻminoti tizimlarini taʻʻminlash ustida ishlamoqda», — deyiladi xabarda.
Ukraina HHK maʻʻlumotlariga koʻra, hujum davomida Rossiya 90 dan ortiq raketa, jumladan, 57 ta qanotli X-101 va 100 ga yaqin zarba beruvchi uchuvchisiz uchoqlardan foydalangan. Havo hujumidan mudofaa tizimlari 79 ta raketa va 35 ta dronni urib tushirishga muvaffaq boʻlgan.
Eslatib oʻtamiz, oktyabrʻ oyida Financial Times va boshqa manbalar Rossiya va Ukraina oʻrtasida Qatar vositachiligida energetika obʻʻektlariga hujumlarni toʻxtatish boʻyicha muzokaralar boshlangani haqida xabar bergan edi. Biroq hozirda ushbu muzokaralar qiyinchiliklarga duch kelayotgani va uzoq muddatli kelishuvga erishilmagani taʻʻkidlanmoqda. Bu jarayonning keyingi bosqichlari haqida hozircha qoʻshimcha maʻʻlumotlar mavjud emas.