18.01.2025 11:44
460

Rossiya va Eron tajovuzkorlarga qarshi birgalikda kurashish boʻyicha shartnoma imzoladi

Akobir Sayidov:
Rossiya va Eron tajovuzkorlarga qarshi birgalikda kurashish boʻyicha shartnoma imzoladi

Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Eron rahbari Masʻʻud Pezeshkiyon ikki davlat oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik toʻgʻrisidagi shartnomani imzolashdi. Unda xavfsizlik va mudofaa sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashni nazarda tutiladi. Kremlʻ rasmiy veb-saytida eʻʻlon qilingan hujjatda “Agar tomonlardan biri tajovuzga uchrasa, ikkinchi tomon tajovuzkorga hech qanday harbiy yordam koʻrsatmasligi va yuzaga kelgan kelishmovchiliklar BMT Ustavi hamda xalqaro huquqning boshqa tegishli meʻʻyorlari asosida hal etilishiga koʻmaklashishi shart”ligi bildirilgan.

Ushbu kelishuv orqali, shuningdek, Moskva va Tehronning bir tomonlama, jumladan eksterritorial xususiyatga ega boʻlgan majburlov choralarining qoʻllanishiga birgalikda qarshi turishlari koʻzda tutilgan. Shartnomada bunday choralarning kiritilishi “xalqaro huquqqa zid va doʻstona boʻlmagan harakat” sifatida baholandi.

“Bitim ishtirokchilari, shuningdek, uchinchi tomon bunday choralarni joriy etishi va kuchaytirishi uchun foydalanishi mumkin boʻlgan maʻʻlumotlarning tarqalishini cheklash boʻyicha choralar koʻrmoqda”, deya taʻʻkidlangan hujjatda.

Shartnomaga koʻra, milliy xavfsizlikni mustahkamlash va tahdidlarga qarshi kurashish maqsadida “tomonlarning razvedka va xavfsizlik xizmatlari axborot hamda tajriba almashishlari va oʻzaro hamkorlik darajasini yanada oshirishlari” nazarda tutilgan.