11.12.2024 08:38
346
Rossiya maktablarida xulq-atvor baholari qaytishi mumkin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin maktablarda oʻquvchilarning xatti-harakatlari uchun baholarni qayta joriy etish masalasini koʻrib chiqishni taklif etdi. Uning aytishicha, agar bu baho qaytarilsa, u boshqa baholarga teng boʻlishi va taʻʻlim jarayoniga taʻʻsir qilishi kerak. Mazkur tashabbus Rossiya Fuqarolik jamiyati va inson huquqlarini rivojlantirish kengashi yigʻilishida muhokama qilindi.
Putin xulq-atvor baholarini joriy etish tashabbusini ota-onalar hamjamiyati va mutaxassislar bilan muhokama qilish kerakligini taʻʻkidladi. U xulq-atvor baholari oʻquvchilarning umumiy akademik baholari bilan uygʻunlashtirilishi lozimligini qayd etdi.
Iyunʻ oyida Inson huquqlari kengashi rahbari Valeriy Fadeev maktablarda xulq-atvor baholarini joriy etishni va yomon baho olgan oʻquvchilarga imtihon topshirishga ruxsat bermaslikni taklif qilgan edi. Bu fikr Rossiya taʻʻlim vaziri Sergey Kravtsov tomonidan qoʻllab-quvvatlangan.
Xulq-atvor baholari Rossiyada inqilobdan oldingi davrda paydo boʻlgan va 1943 yildan boshlab Sovet Ittifoqi maktablarida keng joriy etilgan. Oʻsha vaqtda yomon xulq-atvor bahosi oliy oʻquv yurtiga kirish imkoniyatini yoʻqqa chiqarishi yoki oʻquvchini maktabdan haydab yuborishi mumkin edi. Ittifoq parchalanganidan keyin bu tizim bekor qilingan.
Xulq-atvor baholarining joriy etilishi Rossiyada taʻʻlim tartibi va intizomini mustahkamlashga qaratilgan. Ammo bu masala yuzasidan jamiyatda turli fikrlar mavjud.
Mazkur tizimni yoqlovchilarning fikricha, xulq-atvor baholari oʻquvchilarning masʻʻuliyatini oshiradi va ularni ijtimoiy odob-axloq qoidalariga rioya qilishga oʻrgatadi.
Aksincha qabul qilayotganlar tizim oʻquvchilarga ortiqcha bosim oʻtkazishi va tengsizlikka olib kelishi mumkinligini taʻʻkidlaydi.
Rossiya maktablarida xulq-atvor baholarini joriy etish taʻʻlim tizimida intizom va ijtimoiy qoidalarni mustahkamlash uchun muhim qadam boʻlishi mumkin. Biroq, bu masala yuzasidan ota-onalar va mutaxassislar oʻrtasidagi muhokamalar uning samaradorligi va taʻʻsirini belgilab beradi. Ushbu tashabbusning kelgusi natijalari maktabdagi taʻʻlim sifatini qanchalik yaxshilashiga bogʻliq boʻladi.