29.08.2025 12:01
122

Rossiya maktablarida ingliz tili oʻrniga tarix va axloq fanlari joriy etiladi



Yangi oʻquv yilidan boshlab rus maktablarida taъlim jarayonida sezilarli oʻzgarishlar amalga oshiriladi. Asosiy yangilik – ayrim fanlar hisobidan tarixiy bilimlar va maъnaviy-vatanparvarlik gʻoyalariga asoslangan darslarni kuchaytirishdir.

Xususan, 2025/26 oʻquv yilidan 5–7-sinflar uchun yangi fan – "Rossiyaning maъnaviy-axloqiy madaniyati" joriy etiladi. Buning uchun joriy yilning 1 sentyabridan ingliz tili darslari haftasiga uch soatdan ikki soatgacha qisqartiriladi.

Shuningdek, maktablarda xulq-atvorni baholash amaliyoti qayta yoʻlga qoʻyilib, 1-sinfdan 8-sinfgacha boʻlgan oʻquvchilar uchun ayrim hududlarda sinovdan oʻtkaziladi.

Taъlim sohasidagi bu islohotlar 2022 yilda boshlangan yagona davlat taъlim standartlariga bosqichma-bosqich oʻtish jarayoni ekani aytilmoqda.

Mavzuga aloqador