23.01.2025 06:37
391
Rossiya IIV: Xorijliklar RF fuqarolariga nisbatan 2 baravar kamroq jinoyat sodir etgan
Ichki ishlar vazirligi maʻʻlumotlariga koʻra, Rossiya hududida xorijliklar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar soni mamlakat fuqarolari tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarga nisbatan ikki barobar kamroqdir.
Rasmiy maʻʻlumotlarga koʻra, 2024 yilda Rossiyada 1911,3 ming jinoyat sodir etilgan boʻlib, ularning 39 mingtasini xorijliklar (shu jumladan, migrantlar) amalga oshirgan. Shu bilan birga, Ichki ishlar vazirligi qayd etishicha, mamlakatda 6,5 million xorijlik yashamoqda. Bu holatda, ular tomonidan sodir etilgan jinoyatlar umumiy jinoyatlar miqdorining faqat yarmiga tengdir.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq https://t.me/azon_global/7650 2024 yilda Rossiya hududlari orasida jinoyatchilikning eng past darajasi uchta musulmon hudud: Checheniston, Ingushetiya va Dogʻistonda kuzatilgani haqida xabar berilgan. Jumladan, Chechenistonda oʻtgan yili har 10 ming aholiga atigi 17 jinoyat toʻgʻri kelgan.