09.07.2025 07:30
70

Quyoshning yashirin yuzi ochildi




Insoniyat tarixida birinchi marta Evropa fazo agentligi (ESA) Quyoshning janubiy qutbiga oid suratlarni jamoatchilikka taqdim etdi. Ushbu tasvirlar hatto olimlarni ham hayratga solgan.

Suratlar Solar Orbiter – fazoviy apparatdagi uchta turli qurilma yordamida, quyoshdan taxminan 64 million kilometr uzoq masofadan olingan. Ular Quyoshning faolligi eng yuqori boʻlgan davrda tushirilgani aytilmoqda.

2025 yil fevralь oyida Solar Orbiter Veneraning gravitatsiya yordamida orbitasini burib, Quyoshga 17 daraja pastdan nazar tashlash imkoniyatiga ega boʻldi. Kelgusi yillarda amalga oshiriladigan yanada murakkab Venera manyovrlari orqali bu burchak 30 darajadan oshishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Quyosh qutblari bundan ham aniqroq kuzatiladi.

Quyosh qutblarini oʻrganishga masъul jamoa rahbari, professor Sami Solankining aytishicha, bu hali hammassi emas. Eng muhim maъlumotlar hali oldinda turibdi. Apparat avval janubiy qutbni, soʻngra shimoliy qutbni kuzatgan. Shimoliy qutbga oid maъlumotlar kelgusi haftalarda etib keladi.

Maъlumot uchun, Quyosh – taxminan 865 ming mil diametriga ega, qaynoq gazlardan iborat ulkan shardir. U aylanishi natijasida kuchli magnit maydoni hosil qiladi. Bu maydon har 11 yilda bir marotaba qutblar orasida oʻzaro almashadi — bu jarayon "Quyosh tsikllari" deb nomlanadi. Tsikl davomida Quyosh yuzasida "quyosh dogʻlari" deb ataladigan qora va sovuqroq nuqtalar paydo boʻladi. Bu dogʻlar soni tsikl rivojlangan sari ortadi va keyin yana kamayadi.

Mutaxassislarning taъkidlashicha, Solar Orbiter toʻplayotgan maъlumotlar Quyosh tsikllari boʻyicha olib borilayotgan tadqiqotlarga juda katta hissa qoʻshadi.

Mavzuga aloqador