20.12.2023 12:28

Quvaytning yangi amiri shayx Mishal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh qasamyod keltirdi

 

Quvaytning yangi rahbari shayx Mashal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh Milliy Majlisda qasamyod qabul qilib, rasman oʻz lavozimiga kirishdi. Bu haqda Quvaytning rasmiy agentligi KUNA xabar qildi.

Amirliklar kengashi vaziri Shayx Muhammad al-Abdulloh al-Muborak as-Saboh 16 dekabrʻ kuni Quvayt amiri shayx Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh vafot etganini maʻʻlum qilgan edi.

Shu kuni Quvayt Vazirlar Kengashi valiahd shahzoda Shayx Mishal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh mamlakatning yangi amiri boʻlganini eʻʻlon qildi.

Quvaytning yangi amiri Shayx Mishal 1940 yil 27 sentyabrda tugʻilgan. U sobiq amir Shayx Ahmad al-Jobir as-Sabohning 7-oʻgʻli hisoblanadi.

Boshlangʻich taʻʻlimni Quvaytning poytaxti Muborakie maktabida olganidan soʻng, 1960 yili Angliyadagi Hinden politsiya kollejida oʻqishni tamomlagan.

Ichki ishlar vazirligida turli lavozimlarda ishlagan Shayx Mishal 1967-1980 yillarda polkovnik unvoni bilan Davlat xavfsizlik muassasasi boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

U 2004 yil 13 yanvarda Milliy gvardiya boshligʻining oʻrinbosari lavozimida tayinlangan va valiahd shahzoda boʻlgunga qadar ishlagan. Amir Navaf tomonidan 2021 yil 15 noyabrda chiqarilgan qaror bilan Shayx Mishal valiahd shahzoda etib tayinlandi.

Quvayt amiri Shayx Mishalning 12 nafar farzandi – 5 oʻgʻil, 7 qizi bor.

 

Mavzuga aloqador