Qozon halol bozorida 72 xorijiy davlatdan ishlab chiqaruvchilar ishtirok etadi
14 may kuni “Rossiya – Islom olami: KazanForum” yillik
xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Qozon halol bozori savdo yarmarkasi ochiladi. Forumda
islom dunyosidagi etakchi ishlab chiqarish kompaniyalari tomonidan tegishli
sertifikatlarga ega boʻlgan 4 yarim mingdan ortiq mahsulotlar kiradi. Rossiyaning
36 kompaniyasi oʻz mahsulotlarini namoyish etadi.
Joriy yilda unda ishtirok etish uchun Afgʻoniston,
Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya va Pokistondan 72 xorijiy kompaniya ariza
topshirgan. Forum tashkilotchilari taʻʻkidlaganidek, joriy yilda Indoneziya va
Malayziya ishlab chiqaruvchilari yarmarkaga qoʻshimcha qiziqish bildirishdi. Yarmarka 5
ming kvadrat metr maydonda joylashgan.
Forumda islom dunyosidagi etakchi ishlab chiqarish
kompaniyalari tomonidan tegishli sertifikatlarga ega boʻlgan 4 yarim mingdan ortiq
mahsulotlar kiradi. Rossiyaning 36 kompaniyasi oʻz mahsulotlarini namoyish etadi.
Shuningdek, Forumda ot goʻshtidan tayyorlangan
noz-neʻʻmatlar, asalarichilik mahsulotlari, poliz ekinlari, shifobaxsh giyohlar,
choylar, konservalar, milliy liboslar, hunarmandchilik mahsulotlari namoyish etiladi.
Bularning barchasini bozor mehmonlari sotib olishlari
mumkin. IHT Bosh kotibi Husayn Ibrohim Taha KazanForum 2023 ishtirokchilariga
murojaat qilar ekan, halol bozor va islom meʻʻyorlariga mos mahsulotlarni oʻzaro etkazib
berish yangi imkoniyatlar ochayotganini taʻʻkidladi.
“Jahon halol bozori juda tez oʻsib bormoqda va hozirda
uning qiymati 2,6 trillion dollarga baholanmoqda. Umid qilamanki, Forum ishi
Rossiyada halol sanoati va savdo-sotiqni yanada rivojlantirishga yordam beradi.
2028 yilga kelib esa bozor 11 trillion dollardan oshishi kutilmoqda”, dedi Taha.