25.12.2024 06:45

Pokiston Afgʻonistonda havo hujumlarini amalga oshirdi


Pokiston havo kuchlari Afgʻonistonning Paktika viloyatiga bir necha aviazarbalar berdi. "Tolibon" Mudofaa vazirligi vakili Inoyatulloh Xorazmiy hujum natijasida vaziristonliklar (Afgʻonistonga Pokiston shimoli-gʻarbidagi togʻli hududida qochib oʻtganlar) va tinch aholi vakillaridan qurbonlar borligini hamda "bu qoʻrqoqlik harakati javobsiz qolmasligini" maʻʻlum qildi. 

Kecha kechqurun Pokiston havo kuchlari Afgʻonistonning Paktika viloyatiga bir necha havo bombalarini tashladi, natijada tinch aholi orasida qurbonlar boʻldi, deya xabar bermoqda Islam News nashri.

"Tolibon" Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Inoyatulloh Xorazmiy hodisani tasdiqladi va zarbalardan vaziristonlik (Pokiston shimoli-gʻarbidagi Afgʻoniston bilan chegaradosh togʻli hududdan qochib oʻtganlar – taxmin) qochqinlar va tinch aholi vakillari jabrlangani, 3 nafar bola halok boʻlganini maʻʻlum qildi.

“Afgʻoniston Islom Amirligi barcha xalqaro tamoyillarga zid boʻlgan bu shafqatsiz harakatni ochiq-oydin tajovuz deb biladi va uni keskin qoralaydi. Pokiston tomoni bilishi kerakki, bunday oʻzboshimchalik bilan hech qanday muammoga echim boʻlmaydi”, — deya aniqlik kiritdi "Tolibon" mudofaa mahkuamasi vakili.

“Amirlik bu qoʻrqoqlik harakatini javobsiz qoldirmaydi, biz oʻz hududimizni himoya qilish va shaxsiy daxlsizlikni ajralmas huquqimiz deb bilamiz”, - deya xulosa qildi Xorazmiy.

Islomobod hozircha hech qanday izoh bergani yoʻq.

Bu Pokiston samolyotlarining Afgʻonistonni birinchi marta bombardimon qilgani emas: mart oyida Pokiston armiyasi Xost va Paktika viloyatlaridagi nishonlarga zarba bergan, bu esa mahalliy aholining oʻlimiga sabab boʻlgan va Tolibonning gʻazabli reaktsiyasiga sabab boʻlgan. Oʻshanda Pokiston harbiy harakatlarni chegaradagi afgʻon qishloq va shaharlarida yashiringan «Tehrik-e-Tolibon-Pokiston» jangarilariga zarba berish bilan oqlagan.