28.03.2025 12:28
207

Pentagon rahbari oʻng qoʻliga "kofir" deb yozdirdi

AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset oʻng qoʻliga arab yozuvida "kofir" – yaъni "imonsiz" degan soʻzni tatuirovka qildirdi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu tatuirovka Hegset vazirlik lavozimiga kelganidan keyin paydo boʻlgan.

Taxminlarga qaraganda, u ushbu yozuv orqali oʻz siyosiy pozitsiyasi va dunyoqarashini namoyon etmoqchi boʻlgan. "Kofir" yozuvli tatuirovkalar gʻarb davlatlaridagi ashaddiy islomofoblar orasida mashhur. Ular bu soʻzni provokatsion ramz sifatida ishlatishadi.

Oldinroq Hegset nasroniy sionizmi tarafdori ekanini yashirmagan va Isroilning Falastindagi qirgʻinini yoqlab chiqqan.

Maъlumot uchun, 1980 yilda tugʻilgan Pentagon rahbari Afgʻoniston va Iroqda, shuningdek, Guantanamo qamoqxonasida xizmat qilgan.

Mavzuga aloqador