29.11.2024 12:46

Patriarx Kirill: “Muhojirlar rus dunyosi uchun tahdiddir”




Rus pravoslav cherkovi rahbari patriarx Kirill Rossiya tub aholisini muhojirlar bilan aralashtirish muammosi haqida gapirib, bu borada sukut saqlash "rus dunyosi uchun tahdid" ekanini taʻʻkidladi, shuningdek, u "baʻʻzi musulmon etakchilarni" tanqid qildi.

"Baʻʻzi mintaqaviy hokimiyatlar tomonidan goʻyoki ijtimoiy keskinlikni kamaytirish uchun tanlangan sukunat pozitsiyasi aksincha, ijtimoiy norozilikka olib keladi va rus dunyosi uchun jiddiy tahdiddir", dedi Moskva va Butun Rus patriarxi.

Patriarx Rossiyadagi muhojirlar “boshqa tsivilizatsiya kodi va boshqa tarixiy tajriba tashuvchilari” hisoblanishi, ular “qadriyatlarining yadrosida pravoslavlik yotgan rus dunyosi” uchun tahdid ekanligini taʻʻkidladi.

“Yana bir bor taʻʻkidlayman: tub aholining muhojirlar, boshqa tsivilizatsiya kodi va boshqa tarixiy tajribaga ega boʻlganlar bilan nomutanosib ravishda aralashtirilishi mamlakatimizda jiddiy madaniy nomutanosiblikni keltirib chiqarishi mumkin va bu, oʻz navbatida, qadriyatlari yadrosida pravoslavlik yotgan  rus dunyosi uchun xavf tugʻdirishi aniq", - dedi ruhoniy.

Patriarx Kirill "baʻʻzi musulmon etakchilar"ni muhojirlar haqidagi pozitsiyasini rad etganliklari uchun tanqid qildi. Rus pravoslav cherkovi rahbari kimlar haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmadi, lekin ularni “rus cherkoviga unchalik doʻstona munosabatda emas”, deb atadi.

Shunisi eʻʻtiborga loyiqki, Rus pravoslav cherkovi rahbarining migratsiya masalasiga izohi Rim-katolik cherkovi episkopi Rim papasi Frantsiskning ushbu masala boʻyicha pozitsiyasidan keskin farq qiladi.

Sentyabrʻ oyida pontifik muhojirlarni deportatsiya qilish nasroniylikda «ogʻir» gunoh ekanligini aytgan, Injildagi etimlar, bevalar va chet elliklar jamiyatga gʻamxoʻrlik qilishi kerak boʻlgan uch toifa odamlar sifatida koʻrsatilgan parchalarni keltirgandi.