13.01.2025 15:42
722
Parij masjidi imomi Frantsiya uchun duoga chaqirdi
10 yanvarʻ kuni Parij Katta masjidi mudiri Shams-Eddin Hofiz mamlakatdagi 150 imomga murojaat qildi. U juma xutbalarining oxirida Frantsiyaning tinchligi va xavfsizligi uchun duolar kiritishni soʻradi. Hofiz duolarni arab va frantsuz tillarida oʻqishni taklif qildi.
Maktubda u musulmonlar jamiyatining Frantsiyadagi diniy ongni jamiyat sharoitlariga moslashtirish dasturiga urgʻu berdi. Shuningdek, boshqa dinlar koʻp yillardan beri Frantsiya uchun ibodatlarni oʻtkazib kelayotganini taʻʻkidladi.
Islom Frantsiyada dunyoviylik tamoyillari doirasidagi ikkinchi yirik din sanaladi. Hukumat xorijdan imomlar taklif qilish amaliyotini toʻxtatishni rejalashtirmoqda.