25.01.2025 12:29
417

Oq uy: Isroil va Livan oʻrtasidagi oʻt ochishni toʻxtatish muddati uzaytirilishi kerak



Oq uy Isroil va Livan oʻrtasidagi oʻt ochishni toʻxtatish rejimini zudlik bilan uzaytirish zarurligini bildirdi. Bu haqda Oq uy milliy xavfsizlik kengashi vakili Brayan Xʻyuz matbuot anjumanida bayonot berdi.

Xʻyuzning taʻʻkidlashicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil fuqarolarining xavfsizligini taʻʻminlashga sodiq qoladi. Shu bilan birga, Livanning yangi hukumatini qoʻllab-quvvatlash ishlari davom etadi.

“Barcha tomonlar «Hizbulloh»ning Livan xalqi va uning qoʻshnilariga tahdid qilish qobiliyatini qayta tiklashga yoʻl qoʻymasliklari lozim”, dedi Xʻyuz.

Shuningdek, u Isroil va Hizbulloh oʻrtasidagi vaqtinchalik sulhning uzaytirilishi muhimligini qayd etdi.

Isroil va Livan oʻrtasida erishilgan kelishuvga koʻra, Isroil oʻz qoʻshinlarini Livan hududidan toʻliq olib chiqib ketishi uchun 48 soat vaqt ajratilgan. 

Biroq Isroil tomoni Livanning oʻt ochishni toʻxtatish shartlariga amal qilmaganini iddao qilib, bu jarayonning kechikishi mumkinligini bildirdi.