03.02.2025 14:55
422
Netanʻyaxuning rafiqasiga jinoiy ish ochildi
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanʻyaxuning rafiqasi Sara Netanʻyaxu sud jarayoniga aralashish va muhim guvohlarga qarshi kampaniya tashkillashtirishda gumonlanmoqda. Isroil davlat prokuraturasi 2 fevralʻ kuni mazkur jinoiy tergov boshlanganini rasman eʻʻlon qildi.
Tergov 12-kanalning jurnalistik surishtiruvidan keyin boshlangan. Unda Sara Netanʻyaxu bosh vazirning sobiq yordamchisi Xanni Bleyvaysdan Binyamin Netanyahu ishi boʻyicha guvohlik berishi kerak boʻlgan Xadas Klyaynga qarshi onlayn kampaniya tashkil qilishni soʻragani maʻʻlum qilingan.
Prokuratura ushbu holatni jiddiy koʻrib chiqib, politsiya va kiberjinoyatchilikka qarshi kurash boʻlimi xodimlarini tergovga jalb qilgan. Isroil bosh prokurori Gali Baharav-Miara 26 dekabrda tergovni boshlash buyrugʻini bergan.
Sara Netanyahu avval ham sudga tortilib, 2019 yilda davlat mablagʻlarini noqonuniy ishlatganlikda aybdor deb topilgan va 15 ming dollar jarima toʻlagan edi.
Shuningdek, 2024 yil noyabrda Xalqaro jinoiy sud Binyamin Netanyahuni Gʻazo sektoridagi harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlarda gumon qilib, uni hibsga olishga order bergan edi. 2025 yil 27 yanvarda esa u poraxoʻrlik, firibgarlik va jamoatchilik ishonchini suiisteʻʻmol qilish boʻyicha sud eshituvlarida ishtirok etish uchun Tel-Aviv okrug sudiga kelgan.