09.12.2024 13:30
461
NATO tomonidan tayinlangan turk zaxira batalonini Kosovoga topshirish ishlari yakunlandi
NATO tomonidan tayinlangan turk zaxira batalonini Kosovoga topshirish ishlari yakunlandi
NATOning Kosovodagi Tinchlik Kuchlari (KFOR), zaxira boʻlinmalarining rotatsiyasini rejalashtirish doirasida tayinlangan turk zaxira batalonining Kosovoga koʻchirilishi yakunlangani maʻʻlum qilindi.
KFOR tomonidan qilingan yozma bayonotda, Turk zaxira batalʻonining Kosovaga koʻchirilishi yakunlangani va bundan oldin mintaqada joylashtirilgan Italiya boʻlinmasining oʻrnini egallashi bildirildi.
Bayonotda 65-mexaniklashtirilgan piyoda brigada qoʻmondonligidan taxminan 350 nafar xodimning KFOR boʻlinmalari bilan bir qator faoliyat olib borishi va xavfsizlik vaziyatidagi oʻzgarishlarga javoban tayinlanishi qayd etildi.
KFOR oʻzining Birlashgan Millatlar Tashkilotining uzoq yillik mandatiga muvofiq har qanday mumkin boʻlgan kuchayishi xavfining oldini olish va har qanday xavfsizlik tsenariysi bilan kurashish uchun yaxshi pozitsiyaga ega ekanligi taʻʻkidlandi.
Xavfsizlik va barqarorlikni taʻʻminlash maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining qaroriga koʻra, 1999 yil 12 iyunda Kosovoda oʻz vazifasini boshlagan KFOR, NATOga aʻʻzo va NATOga aʻʻzo boʻlmagan 29 davlatdan 4500 ga yaqin xalqaro harbiy xizmatchiga ega.
Turk askarlari 1999 yildan beri Kosovodagi KFOR tarkibida xizmat qilmoqda. KFOR mamlakat shimolidagi oxirgi keskinlikdan soʻng mintaqadagi faoliyatini kuchaytirdi.