18.08.2025 10:02
129

Misr qamoqxonalaridagi mahbuslar ochlik eъlon qildi

Misr qamoqxonalaridagi mahbuslar ochlik eъlon qildi

Misr hibsxonalaridagi mahbuslar hech bir insonparvarlik qoidalariga toʻgʻri kelmaydigan sharoitlardan norozilik sifatida muddatsiz ochlik aktsiyasini boshladi.

"Badr-3" turmasidan yozilgan xatga koʻra, mahbuslar uchun:

-Oila aъzolari bilan uchrashish yoki aloqa qilish taqiqlangan;

- jismoniy mashqlar va quyosh nuridan foydalanish imkonsiz;

- har qanday yozishmaga yoʻl qoʻyilmaydi;

- tibbiy yordam achinarli ahvolda;

- muttasil qiynoqlar mavjud.

Adolat qoʻmitasining maъlum qilishicha, aktsiyada kamida 35 nafar mahbus ishtirok etmoqda, ulardan 15 nafarining ahvoli ogʻir.

Qamoqdagilar orasida aqldan ozish, qonda shakar miqdorining oshishi va qon bosimining xavfli darajada pasayishi, shuningdek, oʻz joniga qasd qilish holatlari koʻpaygan.

Norozilar orasida 2013 yilgi toʻntarishdan keyin qamalgan siyosiy mahbuslar ham bor.

12 yildan beri qamoqda boʻlgan professor Muhammad Biltajiy shunday dedi:

“Sakkiz yil davomida na quyoshni, na osmon rangini koʻrdik. Onalarimiz, xotinlarimiz yoki farzandlarimiz haqida gapirmasak ham boʻladi. Misr qamoqxonalaridagi azob-uqubatlar dunyodagi hech bir turmada uchramasa kerak”.

Mavzuga aloqador