24.01.2025 11:58
682

Microsoft ham Gʻazodagi urushda Isroil armiyasiga yordam koʻrsatdi - The Guardian



The Guardian nashrining tergoviga koʻra, Microsoft kompaniyasi Gʻazo hujumlari davomida Isroil mudofaa kuchlariga (IDF) bulutli hisoblash va sunʻʻiy intellekt texnologiyalari bilan faol yordam koʻrsatgan.

Isroil armiyasi Microsoft'ning bulutli xizmatlari va sunʻʻiy intellekt tizimlariga 2023 yil 7 oktyabrdagi hujumlardan keyin yanada koʻproq ishona boshladi.

Oshkor qilingan hujjatlarga koʻra, kompaniya Isroil mudofaa idorasi bilan munosabatlarini chuqurlashtirib, minglab soatlik texnik yordamni oʻz ichiga olgan kamida 10 million dollarlik shartnomalar tuzgan.

Microsoft IDF'ning maʻʻlumotlarni saqlash va hisoblash quvvatlariga boʻlgan talabini qondirish uchun tezkor qadamlar qoʻygan.

Tergov The Guardian, 972 Magazine va Local call nashrlarining hamkorligida oʻtkazilgan boʻlib, Drop Site News tomonidan olingan hujjatlarga va Isroil mudofaa va razvedka idoralaridagi manbalar bilan intervʻyularga asoslanadi.

Isroil armiyasi Gʻazodagi hujumlar chogʻida maʻʻlumotlar saqlash va hisoblash infratuzilmasini kengaytirish uchun Amerikaning yirik texnologiya kompaniyalariga murojaat qilgan. 

Bu, ayniqsa, IDF'ning sunʻʻiy intellekt texnologiyalari va bulutli xizmatlardan foydalanishni kuchaytirishiga sabab boʻlgan.