17.04.2025 16:24
62

Meta isroil yoʻrigʻiga yurmoqda

2023 yil 7 oktyabridan buyon Meta kompaniyasi Isroil hukumatidan kelgan kontentni oʻchirish soʻrovlarining 94 foizini bajargan. 


Drop Site News maъlumotlariga koʻra, Facebook va Instagram’dagi postlar mazmunidan qatъiy nazar bir xil shablon boʻyicha oʻchirilgan. Meta bu jarayonda odatdagi moderatsiya emas, sunъiy intellekt orqali avtomatik filtrlash usulini qoʻllagan.


Isroil asosan arab va musulmon foydalanuvchilarga tegishli kontentni oʻchirtirgan. Bu davlat kontent oʻchirilishi boʻyicha dunyoda etakchiga aylangan.


Meta’ning ichki tekshiruvlari Falastinni qoʻllab-quvvatlovchi postlarda qoidabuzarlik topmagan.


Falastinlik faollar va jamoalar yillar davomida Meta’ni tsenzurada ayblab keladi. Ular buni Isroil manfaatini himoya qilish va genotsidni yashirish, deb baholaydi.

Mavzuga aloqador