Mashhur yozuvchilar Isroil madaniyat markazlarini boykot qilishga chaqirmoqda
Dunyoning 1000 dan ortiq mashhur yozuvchi va jurnalistlari“falastinliklarga qarshi zulmga sherik boʻlayotgan yoki jim qarab turgan” Isroil nashr va noshirlari, adabiy agentliklari hamda madaniyat markazlari bilan hamkorlik qilmaslikka vaʻʻda berilgan maktubni imzolashdi.
Dunyo
yozuvchilari Isroil noshirlari, adabiy agentliklari va “falastinliklarning
huquqlarini poymol qilishda ishtirok etayotgan” nashrlar bilan hamkorlik
qilmaslikka vaʻʻda berishdi.
1000 dan ortiq yozuvchi va noshirlar “falastinliklarga qarshi zulmga sherik yoki
jim tomoshabin boʻlib turgan” Isroil madaniyat markazlarini boykot qilishga vaʻʻda
berilgan xatni imzolashdi.
Maktubga imzo chekkan mashhur mualliflar orasida “Doʻstlar bilan suhbatlar” va “Oddiy odamlar” kabi romanlari bilan tanilgan irland
yozuvchisi Salli Runi; “Pulitser” mukofoti sovrindori liviya-amerikalik yozuvchi Hisham
Matar; “Pulitser” mukofoti sovrindori Vʻet
Txanʻ Nguen; “Buker” mukofoti sovrindori
Arundhati Roy; “Istaksiz fundamentalist” kitobi muallifi Mohsin Hamid va Buker
mukofoti nomzodi, ayni
paytda Dubayda yashayotgan
Avni Doshi bor.
Mualliflar Isroil noshirlari, adabiy agentliklari yoki
“Falastin huquqlarini buzishda ishtirok etuvchi”, “kamsituvchi siyosatga ega” yoki
“Isroil ishgʻoli, aparteid yoki genotsidni oqlaydigan” nashrlar bilan hamkorlik
qilmaslikka vaʻʻda berishdi.
“Falastin xalqining xalqaro huquqda mustahkamlangan ajralmas
huquqlarini” hech qachon oshkora tan olmagan institutlar ham boykot qilinadi, deb
yozmoqda Arab news.
Kampaniya har yili butun Falastin shaharlarida bepul ommaviy
tadbirlarni oʻtkazadigan “Falastin
adabiyoti festivali”
(shuningdek, PalFest nomi bilan
ham tanilgan) tomonidan tashkil etilgan.
“Biz ushbu
maktubni 21-asrning eng axloqiy, siyosiy va madaniy inqirozi bilan yuzlashayotgan
bir paytda nashr etmoqdamiz”, deyiladi maktubda, shuningdek, unda Isroil oʻtgan yilning oktyabrʻ
oyidan beri “kamida 43362” falastinlikni oʻldirgani taʻʻkidlangan.
Bundan tashqari, maktubda qayd etilishicha, Isroil madaniyat
markazlari “davlat bilan bevosita hamkorlik qilib, oʻnlab yillar davomida
millionlab falastinliklarning jabr-zulumga
uchrayotganini yashirishda muhim rolʻ oʻynagan.
Eslatib oʻtamiz, 2021 yilda yozuvchi Salli Runi Isroil
nashrlariga oʻzining yangi romanini ibroniy tiliga tarjima qilishni taqiqlagan edi.
Yozuvchining soʻzlariga koʻra, u "oʻzini aparteiddan
uzoqlashtirmaydigan va Falastin xalqining Birlashgan Millatlar Tashkilotida
mustahkamlangan huquqlarini buzadigan" Isroil kompaniyasi bilan shartnoma
tuzishni "toʻgʻri deb hisoblamaydi".