12.11.2024 09:33

Mark Ryutte: Tramp Ukrainani Putinga bersa, oʻzim AQShni NATOdan chiqarib yuboraman

NATO bosh kotibi Mark Ryutte Donalʻd Tramp Ukrainani Putinga bersa, shaxsan oʻzi AQShni Shimoliy Atlantika alʻyansidan chiqarib yuborish bilan tahdid qildi. Mutaxassislar Ryutte niyatining ehtimoliy oqibatlarini muhokama qilmoqdalar.
Saylov kampaniyasi davomida Ukraina mojarosiga bir necha kun ichida barham berish niyatini bildirgan Donalʻd Tramp bunga aniq qanday erishishni rejalashtirayotgani haqida hozircha gapirmagan. Respublikachilarning sukuti tufayli tobora koʻproq taxmin va farazlar paydo boʻlmoqda. Poyga davomida demokrat Kamala Xarris Tramp hokimiyatga kelsa, Ukrnaina Rossiya etakchisi Vladimir Putinga berib yuborilishini aytgandi.
"Donalʻd Tramp hozir prezident boʻlganida, Putin hozir Kievda oʻtirgan boʻlardi. U urushni birinchi kuniyoq tugatishi mumkinligini aytadi. Bu nimani anglatishini bilasizmi? Bu taslim boʻlishni anglatadi", - degandir Demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod.
AQSh Kiev uchun monodonor hisoblanadi. Faqatgina Davlat departamentining rasmiy maʻʻlumotlariga koʻra, amerikaliklar Ukrainaga 64 milliard dollardan ortiq qurol-yarogʻ etkazib bergan. Oʻz navbatida, Evropa Ittifoqi Ukrainaga 43,5 milliard evrolik qurol-yarogʻ bergan.