Maldiv isroil* fuqarolarini mamlakatga kiritmasligini maъlum qildi
Maldiv Respublikasi Prezidenti Muhammad Muizzu isroil* fuqarolarining mamlakatga kirishini rasman taqiqlovchi qonun loyihasini imzoladi. Bu haqda prezident maъmuriyati matbuot xizmati maъlum qildi.
Xabarga koʻra, “Immigratsiya toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan yangi oʻzgartirishga binoan, isroil* pasportiga ega shaxslarning Maldiv hududiga kirishi mutlaqo taqiqlanadi.
Prezident devoni bu hujjat hukumatning Gʻazo sektoridagi vaziyatga nisbatan tutgan qatъiy pozitsiyasini aks ettirishini taъkidladi.
Gazeta.ru’ning yozishicha, hukumat isroil*ning harakatlarini ochiq tanqid qilishda va ushbu davlatni xalqaro javobgarlikka tortishga chaqirishda davom etishini bildirgan.
Mazkur qarorga javoban isroil* Tashqi ishlar vazirligi oʻz fuqarolariga Maldiv orollariga safar qilishdan tiyilishni tavsiya etdi.
(isroil* - Bu "Azon Global"ning pozitsiyasini ifodalaydi)