23.01.2025 07:18
Malayziya bosh vaziri Xitoy bilan hududiy kelishmovchiliklarga izoh berdi
Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim Davos Iqtisodiy Forumida soʻzga chiqib, Janubiy Xitoy dengizidagi chegara tortishuvlari haqida izoh berdi. U Xitoy bilan hududiy kelishmovchiliklarga qaramasdan, yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini saqlab qolish muhimligini taʻʻkidladi.
"Biz muzokaralar orqali mojarolarni hal qilamiz va iqtisodiy hamkorlikni davom ettiramiz", — dedi Anvar Ibrohim.
Shuningdek, u AQSh bilan mustahkam aloqalarni saqlagan holda Xitoy bilan munosabatlarni rivojlantirishga alohida eʻʻtibor qaratishini qayd etdi.
Janubiy Xitoy dengizida Pekinning daʻʻvolari tufayli Malayziya, Vetnam, Filippin va Bruney bilan chegara tortishuvlari davom etmoqda.
Maʻʻlumot uchun, Malayziya va Xitoy oʻrtasidagi hududiy kelishmovchiliklar asosan Janubiy Xitoy dengizidagi Paraselʻ orollari (Sisha) va Spratli arxipelagiga (Nanʻsha) egalik qilish masalasi bilan bogʻliq. Bu hududlarga, shuningdek, Bruney, Vʻetnam va Filippin ham daʻʻvo qiladi. Nizolarning asosiy sababi Malakka boʻgʻozi yaqinidagi hudud ustidan nazorat oʻrnatishga boʻlgan intilishlardir, chunki bu erdan Xitoy savdosining 60% va uglevodorodlar importining 80% oʻtadi.