Los-Anjelesdagi yongʻin qurbonlari soni 28 kishiga etdi
Los-Anjeles va uning atrofida 16 kundan beri davom etayotgan oʻrmon yongʻinlari natijasida qurbonlar soni 28 kishiga etdi. Bu haqda Los-Anjeles tibbiy ekspertizasi boshqarmasi maʻʻlum qildi.
Palisades hududida yongʻin 24 ming akr(9712 Ga)ga yaqin maydonni yoqib, 65% nazorat ostiga olindi. Iton kanyonidagi yongʻin esa 14 ming akr(5666 Ga) maydonni yondirib, 89% nazoratga olingan.
Shuningdek, San-Diegoda boshlangan Lilac yongʻini tufayli 85 kishi evakuatsiya qilingan, yongʻinning 50% nazoratga olingan.
Rasmiy maʻʻlumotlarga koʻra, yongʻinlar keltirgan
iqtisodiy zarar taxminan 250-275 milliard dollarga baholanmoqda.
Eslatib
oʻtamiz, oldinroq Los-Anjelesdagi yongʻin 39 ming akr (15783 ga) maydonni qamrab
olib, 12 mingdan ortiq bino va butun boshli aholi punktlari yonib ketgani haqida
xabar berilgandi. Janubiy Kaliforniyada 180 mingga yaqin odam evakuatsiya qilingan.