Lionel Messi anʻʻanaviy arab libosini kiydi
"Inter Mayami"da oʻynayotgan Lionel Messi Saudiyaning “Sayar” kiyim-kechak brendi reklamasida rolʻ oʻynadi. Shu maqsadda futbolchi arab milliy libosida kiyindi, deb xabar beradi Arab News.
Messi arab madaniyatini targʻib qilishda birinchi marta ishtirok
etayotgani yoʻq. Oʻtgan yilning may oyida Saudiya Arabistoni
turizm boshqarmasi bilan kelishuvga koʻra, Messi mamlakat boʻylab sayohatlar uchun
reklama kampaniyasining bosh qahramoniga aylangandi.
Afsonaviy
futbolchining maqsadi Evropa, Hindiston va Xitoyda mavjud boʻlgan Saudiya
Arabistoni Qirolligi atrofidagi notoʻgʻri qarashlarni yoʻq qilish edi. U oilasi
bilan Diriya tumanidagi 300 yillik tarixga ega At-Turayf qalʻʻasiga bordi va
anʻʻanaviy arab taomlaridan tanovul qildi. Shundan soʻng mashhur futbolchi Ot
muzeyiga tashrif buyurib, arab otiga minib, qoʻlida lochin bilan kameralarga suratga
tushdi.