08.10.2024 16:36
761

Kremlda MDH davlatlari rahbarlari kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda

Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin raisligida MDH davlatlari rahbarlari kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Yigʻilishda xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish sohasida qator hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan. Bu borada Oʻzbekiston prezidenti tashabbusi bilan ishlab chiqilgan hamkorlik dasturiga alohida eʻʻtibor qaratilishi maʻʻlum qilindi.

Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin raisligida MDH davlatlari rahbarlari kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

“Avvalo, MDH doirasidagi oʻzaro hamkorlik Rossiya Federatsiyasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanligini taʻʻkidlamoqchiman”, — dedi Rossiya rahbari yigʻilishni ochar ekan.

Uning taʻʻkidlashicha, Rossiya uchun Hamdoʻstlik mamlakatlari eng yaqin qoʻshni, doʻst va strategik sherikdir.

Avvalroq Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov MDH davlatlari rahbarlari Moskvadagi sammitda xavfsizlik sohasida qator hujjatlarni qabul qilishini maʻʻlum qilgan edi.

Xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish sohasida qator hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan, bu borada Oʻzbekiston prezidenti tashabbusi bilan ishlab chiqilgan hamkorlik dasturiga alohida eʻʻtibor qaratilmoqda, – dedi Ushakov jurnalistlarga.