11.12.2024 15:32
569

Kobuldagi portlash: Xalilur Rahmon Haqqoniy halok boʻldi



Afgʻonistonning qochqinlar va qaytganlar ishlari boʻyicha vaziri vazifasini bajaruvchi Xalilur Rahmon Haqqoniy 11 dekabrʻ kuni Kobulda vazirlik qarorgohida sodir boʻlgan portlashda halok boʻldi.

Manbalarning xabar berishicha, portlash vazirlik binosida namoz vaqtida sodir boʻlgan. Hodisa natijasida bir necha odam halok boʻlgani va jarohatlangani haqida xabar berilmoqda. Biroq, hozircha qurbonlar soni va hodisa tafsilotlari boʻyicha aniq maʻʻlumotlar mavjud emas.
Xalilur Rahmon Haqqoniy Afgʻoniston hukumatining muhim shaxslaridan biri edi. Uning halok boʻlishi Afgʻonistondagi siyosiy barqarorlik va boshqaruv jarayonlariga taʻʻsir koʻrsatishi mumkin.