13.01.2025 07:30

Kaliforniyadagi oʻrmon yongʻinlari: halok boʻlganlar soni 16 kishiga etdi



Kaliforniya shtatidagi oʻrmon yongʻinlari oqibatida kamida 16 kishi halok boʻldi. Yongʻin hali ham tarqalishda davom etmoqda va qurbonlar soni koʻpayishi mumkin. Los-Anjelesdagi yongʻin 39 ming akr (15783 ga) maydonni qamrab oldi, 12 mingdan ortiq bino va butun boshli aholi punktlari yonib ketdi.

Janubiy Kaliforniyada 180 mingga yaqin odam evakuatsiya qilindi. Shaharda favqulodda holat eʻʻlon qilinib, tutun va zararli zarrachalar aholi salomatligi uchun katta tahdid solayotgani aytildi. Los-Anjeles okrugi sherifi bedarak yoʻqolgan 13 kishi haqida maʻʻlumot berdi.

Gubernator Gevin Nʻyusomning aytishicha, yongʻinga suv taqchilligi va Edison International'ning simlari uzilishi sabab boʻlgan. Yongʻindan kelgan iqtisodiy zarar 135−150 milliard dollarga baholanmoqda.

AQSh prezidenti Jo Bayden shtatda yirik tabiiy ofat eʻʻlon qildi. U yongʻinlarga qarshi kurashish uchun qoʻshimcha federal yordam ajratib, 400 dan ortiq oʻt oʻchiruvchi va 30 dan ortiq maxsus texnikani Janubiy Kaliforniyaga yuborishni buyurdi.