20.08.2025 12:11
58
"Javob berish vaqti yaqinlashmoqda". Dunyoda isroilga nisbatan nafrat kuchayib boryapti
Pew markazi tomonidan 2025 yili oʻtkazilgan global soʻrov natijalari shuni koʻrsatadiki, dunyoda “yahudiy davlati” deb ataladigan "mavjudot"ga nisbatan qarshi kayfiyat kuchayib bormoqda. Nafrat raqamlari esa dahshatli:
🇹🇷 Turkiyaning 93%
🇮🇩 Indoneziyaning 80%
🇯🇵 Yaponiyaning 79%
🇳🇱 Niderlandiyaning 78%
🇪🇸 Ispaniya va 🇸🇪 Shvetsiyaning 75% aholisi sionistlarga nisbatan nafrat bilan qaraydi.
Hatto isroilning ittifoqdosh davlatlarida ham sionistlarga nisbatan qarashlar oʻzgaryapti. Jumladan, isroilning Gʻazodagi vahshiyliklari sabab:
🇩🇪 Germaniyaning 64%
🇬🇧 Buyuk Britaniyaning 61%
🇨🇦 Kanadaning 60%
🇺🇸 AQShning 53% aholisida salbiy fikr shakllangan.
Qaerga qaramang, hamma isroildan nafratlanmoqda va bu propagandaning emas, balki butun dunyoning Gʻazodagi asl voqeilikdan xabardorligi natijasidir.
Tahlilchilar, har qancha miqdordagi Amerika qurollari yoki"Xasbara" (ivritcha: הסברה — “tushuntirish, izoh”) ning propagandasi ham sionistik rejimni jinoyatlari uchun javob berishdan qutqarib qola olmasligini aytishmoqda.