03.02.2025 17:40

Jahonda yangi global savdo urushi boshlandi

Jahonda yangi global savdo urushi boshlandi

AQShda prezident Tramp hokimiyat tepasiga kelgach, qator oʻzgarishlarga qoʻl urdi. Mamlakatni ihotalash, “kelgindi”larni oʻz yurtiga qaytarib yuborish, qoʻshnilar bilan yopiq munosabatlar oʻrnatish yoki ularni oʻziga qoʻshib olish bilan tahdid qilish, mahsulotlarga soliqlar joriy etish shular jumlasidan. 

Prezident Tramp 1 fevralʻ, shanba kuni mamlakatning eng yirik savdo hamkorlari – Kanada va Meksikadan keltirilayotgan mahsulotlarning aksariyatiga 25 foizlik boj soligʻini joriy etish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Xitoydan keltirilayotgan tovarlarga esa 10 foizlik soliq belgilandi.

Xabarlarga koʻra, tariflar seshanba kuni kuchga kiradi.

Tramp ijtimoiy tarmoqdagi xabarida AQShning shimoliy va janubiy chegaralari orqali giyohvand moddalar va noqonuniy muhojirlar oqimini toʻxtatish maqsadida bu choralarni koʻrayotganini bildirgan. 

Yakshanba kuni ertalab yana bir xabarida Tramp tariflar AQShning koʻplab xorijiy davlatlar bilan mavjud savdo taqchilligini bartaraf etishga ham qaratilganini taʻʻkidladi.

"BU AMERIKANING OLTIN DAVRI BOʻLADI! QIYINChILIKLAR BOʻLADIMI? HA, BALKI (BALKI YOʻQ!)," - deb yozdi Tramp. "LEKIN BIZ AMERIKANI YaNA ULUGʻ QILAMIZ VA BUNING UChUN TOʻLANIShI KERAK BOʻLGAN HAR QANDAY NARX OʻZINI OQLAYDI."

Kanada xom neftiga 10 foizlik pastroq tarif joriy etiladi, bu esa AQShdagi benzin narxlariga taʻʻsirni yumshatishi mumkin. Oʻrta Gʻarbdagi neftni qayta ishlash zavodlari Kanada xom ashyosiga juda bogʻliq.

Import soliqlari meva-sabzavotlar, yassi ekranli televizorlar va avtomobilʻ ehtiyot qismlari kabi keng turdagi mahsulotlar narxining oshishiga olib kelishi mumkin. Nishonga olingan mamlakatlar AQSh eksportiga oʻz javob tariflari bilan javob berishlarini aytishdi.

Turli biznes guruhlari mazkur eʻʻlondan soʻng darhol turli munosabat bildira boshladi. Spirtli ichimliklar sanoatini ifodalovchi savdo tashkiloti tariflar ish oʻrinlariga zarar etkazishini aytdi.

Tashkilotning taʻʻkidlashicha, mahsulotlar har bir mamlakat uchun oʻziga xos boʻlib, tariflar mahalliy sanoat tarmoqlariga zarar etkazadi. 

"American Fuel & Petrochemical Manufacturers" sanoat savdo guruhi shanba kuni eʻʻlon qilgan bayonotida Kanada va Meksikadan xom neftʻ, shuningdek, Kanadaning boshqa energiya mahsulotlarini import qilishning yuqori narxi amerikalik isteʻʻmolchilarning energiya uchun koʻproq pul toʻlashlariga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

"Umid qilamizki, Shimoliy Amerikadagi qoʻshnilarimiz bilan xom neftʻ, neftni qayta ishlash mahsulotlari va neftʻ-kimyo mahsulotlari isteʻʻmolchilar taʻʻsirni his qilishidan oldin tarif jadvalidan olib tashlanishi boʻyicha tezda kelishuvga erishish mumkin," – dedi AFMP prezidenti va bosh direktori Chet Tompson.

Xitoy, Kanada va Meksikaning javobi

Yakshanba kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi va Savdo vazirligining muvofiqlashtilgan bayonotlarida Pekin tariflarni qoraladi va Xitoy nomaʻʻlum "tegishli qarshi choralar" koʻrishini maʻʻlum qildi. Savdo vazirligi tariflarni Jahon savdo tashkiloti qoidalarining jiddiy buzilishi deb atadi va JSTga qarshi huquqiy daʻʻvo qoʻzgʻatishini bildirdi. Tashqi ishlar vazirligi esa Xitoy AQShga fentanil bilan kurashishda yordam berish choralarini koʻrganini, bu oxir-oqibat AQShning oʻz muammosi ekanligini va tariflarning joriy etilishi "ikki tomon oʻrtasidagi giyohvandlikka qarshi kurash masalalaridagi kelajak hamkorlikka muqarrar ravishda taʻʻsir qilishi va zarar etkazishi"ni taʻʻkidladi.

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo shanba kuni jamoatchilik oldida soʻzga chiqib, AQShning Kanada tovarlariga joriy etilishi kutilayotgan tariflaridan afsuslanganini bildirdi va amerikalik isteʻʻmolchilarni narxlarning oshishi haqida ogohlantirdi.

"Bu tanlov, shubhasiz, kanadaliklarga zarar etkazadi, ammo bundan tashqari, u siz, Amerika xalqi uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi," dedi Tryudo.

"Agar prezident Tramp Qoʻshma Shtatlar uchun yangi oltin davrni boshlamoqchi boʻlsa, eng yaxshi yoʻl Kanada bilan hamkorlik qilishdir - bizni jazolash emas," – deya qoʻshimcha qildi u.

Kanada hukumati ham bunga javoban Amerikaning turli mahsulotlariga, jumladan, maishiy texnika, kiyim-kechak, vino va spirtli ichimliklar, apelʻsin sharbati, eryongʻoq yogʻi va mototsikllarga nisbatan 25 foizlik javob tarifini joriy etishini eʻʻlon qildi.  

Kanadada seshanba kuni AQShdan import qilinadigan 30 milliard dollarlik tovarlarga tariflar kuchga kiradi, keyinroq esa yana 125 milliard dollarlik tovarlarga tariflar joriy etiladi. Rasmiylarning taʻʻkidlashicha, agar AQSh shimoliy qoʻshnisiga yangi import xarajatlarini yuklashni davom ettirsa, "qoʻshimcha choralar, shu jumladan tarifsiz variantlar" koʻrib chiqilishi mumkin.

Tryudo aytishicha, AQShga noqonuniy chegara orqali oʻtishlarning 1% dan kamrogʻi va fentanilning 1% dan kamrogʻi Kanadadan kelsa-da, mamlakat dekabrʻ oyida AQSh bilan umumiy chegarasini yanada mustahkamlash uchun 1,3 milliard dollarlik dasturni ishga tushirgan.

Meksika prezidenti Klavdia Sheinbaum shanba kuni Iqtisodiyot vazirini tariflar va notarif choralarni oʻz ichiga olgan rejani amalga oshirishga yoʻnaltirganini aytdi, ammo qoʻshimcha tafsilotlarni keltirmadi.

Sheinbaum "X"dagi postida Meksika hukumati soʻnggi toʻrt oy ichida 40 tonna giyohvand moddalarni musodara qilganini, shuningdek, Meksika narkokartellarini qurollantirganlikda AQSh qurol sotuvchilarini aybladi.

Sheinbaum buning oʻrniga Meksika va AQSh bir-biriga qarshi javoban iqtisodiy choralar qoʻllashdan koʻra, ishchi guruh tuzishni taklif qildi. "Meksika qarama-qarshilikni istamaydi," dedi u.

Amerikalik xaridorlar va kompaniyalar bunga qanday tayyorgarlik koʻrmoqda?

AQShdagi korxonalar va xaridorlar allaqachon favqulodda vaziyat rejalarini tuzishni boshlaganlar. Shu hafta boshida eʻʻlon qilingan savdo maʻʻlumotlari dekabrʻ oyida importning keskin oʻsganini koʻrsatdi, bu esa baʻʻzi kompaniyalar tariflar kuchga kirishidan oldin tovarlarni gʻamlab olishga uringanidan dalolat beradi.

Ayrim xaridorlar ham tariflardan qochishga harakat qilishdi. Savdo vazirligi juma kuni eʻʻlon qilgan maʻʻlumotlarga koʻra, dekabrʻ oyida avtomobillar va televizorlar kabi uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga shaxsiy xarajatlar oshgan. Meksika yassi ekranli televizorlarning etakchi ishlab chiqaruvchisidir.

Bu oyda korporativ daromadlar toʻgʻrisidagi hisobotlarda tariflar 200 martadan ortiq tilga olindi.

Avtomobilʻ sanoati ayniqsa jiddiy zarba koʻrishi kutilmoqda, chunki u yuqori darajada integratsiyalashgan boʻlib, har uchala mamlakatdagi ishlab chiqarishga tayanadi.

General Motors seshanba kuni moliyaviy tahlilchilarga, agar tariflar joriy etilsa, pikap ishlab chiqarishning bir qismini Meksika va Kanadadan koʻchirishi mumkinligini maʻʻlum qildi. Ammo avtomobilʻ ishlab chiqaruvchi savdo vaziyati hali ham noaniq boʻlgan bir paytda harakat qilishni istamayapti.

"Biz yaqin muddatli taʻʻsirlarni yumshatishga tayyormiz," dedi bosh direktor Mary Barra. "Biz aniq boʻlmagan holda katta miqdordagi mablagʻni sarflamaymiz."