02.06.2025 07:31
132
Isroilning Gʻazodagi yordam nuqtalariga hujumida 31 kishi halok boʻldi, 176 kishi yaralandi
Isroil armiyasining Gʻazo sektorida insonparvarlik yordami olishga urinayotgan falastinliklarga ikki xil nuqtada amalga oshirgan hujumlari oqibatida kamida 31 kishi halok boʻldi, 176 kishi yaralandi.
Falastinning rasmiy WAFA axborot agentligiga koʻra, Rafahning Mevasi hududida yuzlab fuqarolar yordam olish maqsadida harakatlanar ekan, Isroil bosqinchi kuchlari zirhli texnikalardan toʻgʻridan-toʻgʻri oʻt ochgan. Oqibatda kamida 30 falastinlik halok boʻlgan, 150 kishi yaralangan.
Gʻazo markazida joylashgan Netzarim koridori atrofida esa yordam olish uchun yigʻilgan fuqarolar Isroil armiyasiga tegishli dronlar tomonidan nishonga olingan. Bu hujumda, dastlabki maъlumotlarga koʻra, kamida 1 kishi halok boʻlgan, ayol va bolalarni ham oʻz ichiga olgan 26 kishi yaralangan.
Avde kasalxonasi: Yaralanganlar ogʻir holatda
Nusayrat qochqinlar lageridagi Avde kasalxonasining xabar berishicha, jarohatlanganlardan ayrimlarining ahvoli ogʻir va halok boʻlganlar soni ortishi mumkin.
“Insonparvar yordam” nuqtalari oʻlim tuzogʻiga aylandi
Falastinlik rasmiylar Netzarim va Rafahdagi yordam nuqtalarini “insonparvar yordam” niqobi ostidagi oʻlim tuzoqlari deb baholab, Isroil fuqarolarni qasddan nishonga olayotganini taъkidlashmoqda.
Falastin sogʻliqni saqlash idoralari va mahalliy manbalar xalqaro jamoatchilikni tezkor chora koʻrishga va xavfsiz gumanitar yoʻlaklarni ochishga chaqirdi.
Isroilning yordamni toʻsishi oqibatida ommaviy ocharchilik xavfi
Isroil 90 kundan ziyod vaqt davomida barcha chegara darvozalarini yopib, Gʻazoga insonparvar yordam kirishini toʻsib qoʻygan. Oqibatda asosiy hayotiy ehtiyojlar, xususan oziq-ovqat mahsulotlari etib bormayapti va millionlab aholi ommaviy ocharchilik xavfi ostida qolgan.
7 oktyabrdan buyon 54 mingdan ortiq halok boʻldi
Isroilning 2023 yil 7 oktyabrdan boshlab AQSh yordamida amalga oshirayotgan hujumlari Gʻaza sektorini misli koʻrilmagan vayronchilikka duchor qilgan. Hozirgacha, rasmiy maъlumotlarga koʻra, 54 418 falastinlik halok boʻlgan, 124 190 kishi yaralangan. Oʻlgan va yaralanganlarning aksariyati ayollar va bolalar. Shuningdek, 11 mingdan ziyod kishi bedarak yoʻqolgan, yuz minglab fuqarolar esa oʻz uylarini tashlab ketishga majbur boʻlgan.
Gʻazoda yordam izlash oʻlim bilan tugayveradi
Gʻazoda yordam izlashning oʻzi ham oʻlim bilan tugaverayotgan sharoitda, Isroilning ushbu siyosatlari tizimli och qoldirish va ommaviy qirgʻin strategiyasi sifatida baholanmoqda.
Soʻnggi 24 soatda 37 kishi halok boʻldi
Gʻazodagi Falastin sogʻliqni saqlash vazirligining bayonotiga koʻra, soʻnggi 24 soat ichida 37 oʻlik va 136 yaralangan kasalxonalarga etkazilgan. 19 yanvarda erishilgan otashkesim 18 martdan beri buzilib kelinayotgani aytilmoqda. Oʻshandan buyon 4 149 kishi halok boʻlgan, 12 149 kishi yaralangan.
Tez yordam xizmatlari hujumga uchramoqda
Gʻazodagi tez yordam xizmati rahbari Faris Afane jurnalistlarga bergan bayonotida Isroil Rafahdagi jarohatlanganlarga etib borishga toʻsqinlik qilayotganini maъlum qildi. Uning aytishicha, “Yordamni olib chiqish juda xavfli boʻlib qoldi. Isroil armiyasi tez yordam mashinalarini qasddan nishonga olmoqda”.
“Yordam maskanlari” ogʻizda yordam, amalda oʻlim tuzogʻi
Gʻazodagi hukumat mediatuzilmasining bayonotiga koʻra, 27 maydan boshlab Isroil-Amerika hamkorligida “insonparvar yordam” nomi ostida tashkil etilgan maskanlarga qilingan hujumlarda 49 kishi halok boʻlgan.
Bayonotda taъkidlanishicha, bu “yordam maskanlari” aslida fuqarolarni ommaviy ravishda nishonga olish uchun tashkil etilgan oʻlim tuzoqlaridir.
Gʻazo hukumati: Amerika ham masъul
Gʻazodagi hukumat Isroil va AQShni ushbu jinoyatlar uchun javobgar deb atadi va BMT hamda Xavfsizlik Kengashiga rasmiy chegara nuqtalarini ochish, yordamni Isroil nazoratidan mustaqil mexanizmlar orqali etkazish, va xalqaro surishtiruv boshlash kabi talabi bilan murojaat qildi.
Kunduz kunlari kamera oldida jinoyat
Bayonotda: “Kunduz vaqtida, kameralar oldida amalga oshirilayotgan qirginlar butun dunyo koʻz oʻngida roʻy bermoqda. Bu jinoyatlar oldida sukunat saqlash ularga sheriklikdir”, deyilgan.
HAMAS: yordam nuqtalari — oʻlim tuzogʻi
HAMAS bayonotida aytilganicha, “saf yoʻlga chaqiruv”dan soʻng minglab fuqarolar yordam olish uchun hududga yoʻl olgan va shu erda oʻt ochilgan.
Bayonotda “Bu qatliom, Isroilning fashistik mohiyati va yordam tuguni ortidagi jinoiy niyatlarini yana bir bor koʻrsatdi”, deyilgan.
BMTga chaqiruv
HAMAS va Gʻazodagi rasmiylar BMT va Xavfsizlik Kengashiga Isroilning bu jinoyatlarini toʻxtatish, chegaralarni ochish, xalqaro nazoratda yordamni etkazish va mustaqil surishtiruv qoʻmitasini tuzishni talab qilmoqda.
3 mingta tibbiy yordam toʻxtab qolgan
Gʻazo sogʻliqni saqlash vazirligi rahbari Munir al-Bursh aytganicha, Isroil 3 mingta tibbiy yordam ortilgan yuk mashinasini kiritmasdan toʻsib qoʻygan. Oqibatda Gʻazoda kasalxonalar doimiy ravishda yordamsiz qolmoqda.
Epidemiya xavfi, suv tanqisligi
Dorilar va vaktsinalar etishmasligi tufayli oʻtkir ich ketishi, meningit kabi kasalliklar tarqalayotgani, aholining 90 foizi suv etishmasligiga duchor ekani qayd etildi.
Gʻarbiy Sohilda 6 kishi qoʻlga olindi
WAFA agentligining xabar berishicha, Isroil armiyasi Gʻarbiy Sohildagi Jenin, Nablus, Tulkarim va Ramallahdagi reydlarda 6 falastinlikni qoʻlga olgan. Bundan tashqari, bosqinchi isroilliklar Nablus va Salfitda falastinliklarga hujum qilgan, hayvonlarni erlariga qoʻyib yuborgan va traktorlarni tortib olgan.