25.01.2025 08:53
631
Isroilning Gʻazo sektoriga hujumlari natijasida nimalar vayron boʻldi?
Isroilning Gʻazo sektoriga hujumlari natijasida nimalar vayron boʻldi?
Isroilning Gʻazo sektoriga amalga oshirgan 15 oylik hujumlari natijasida mintaqaning infratuzilmasi katta darajada zarar koʻrdi. Rasmiy maʻʻlumotlarga koʻra:
Gʻazo infratuzilmasining 90 foizi toʻliq yoki qisman vayron qilingan.
Iqtisodiy zarar 38 milliard dollardan oshdi.
216 ta jamoat binosi, 42 ta sport inshooti, 137 ta maktab va oliy oʻquv yurti butunlay vayron qilingan, 357 tasi qisman zarar koʻrgan.
832 ta masjid vayron qilingan.
206 ta tarixiy obida va 19 ta qabristonga zarar etkazilgan.
Mintaqada 2800 kilometr yoʻl vayron boʻlgan.
BMTning maʻʻlumotlariga koʻra, 2023 yil 7 oktyabrdan beri Gʻazo sektorida 155 mingdan ortiq odam halok boʻlgan, ularning yarmidan koʻpi bolalar va ayollardir. Hujumlar natijasida Gʻazo aholisining 85% oziq-ovqat, toza suv va dori-darmonning keskin tanqisligi tufayli koʻchirilgan, eksklav infratuzilmasining 60% shikastlangan yoki vayron boʻlgan.
Shuningdek, hujumlar natijasida 40 million tonna vayronalar hosil boʻlgan boʻlib, ularni toʻliq olib tashlash uchun 15 yil vaqt kerak boʻlishi mumkin.
Bu koʻrsatkichlar mintaqadagi gumanitar vaziyatning jiddiyligini yanada yorqin namoyon etadi. Gʻazo sektoridagi fuqarolar uchun hujumlarning oqibatlari faqat iqtisodiy emas, balki tarixiy va madaniy ahamiyatga ega obʻʻektlarni yoʻqotish bilan ham bogʻliq.