17.01.2025 17:20
570
Isroil vazirlar mahkamasi sulh bitimini maʻʻqulladi
Isroil xavfsizlik kabineti Gʻazo sektoridagi urushni toʻxtatish va HAMAS bilan asirlar almashish boʻyicha yangi kelishuvni tasdiqladi.
Isroil Bosh vazirligi tomonidan berilgan rasmiy bayonotga koʻra, ushbu kelishuv siyosiy, xavfsizlik va gumanitar jihatlardan baholangandan soʻng maʻʻqullangan. Hukumat yaqin kunlarda ushbu bitimni toʻliq tasdiqlash uchun yigʻilish oʻtkazishi rejalashtirilgan.
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu xavfsizlik kabineti yigʻilishida AQSh tomonidan berilgan qoʻllab-quvvatlov haqida maʻʻlumot berdi. Uning aytishicha, AQSh prezidenti Jo Bayden va saylangan prezident Donald Tramp Gʻazoda urushni toʻxtatish jarayonining ikkinchi bosqichi muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda Isroilning qayta hujum qilish huquqini qoʻllab-quvvatlashga kelishgan.
"Biz muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugasa, xavfsizlik talablarimizni himoya qilish uchun qayta harakatga tushishga AQShdan qatʻʻiy kafolat oldik", dedi Netanyaxu.
Isroil hukumati Gʻazodagi mojaroni tinch yoʻl bilan hal etish uchun olib borilayotgan harakatlar fonida yaqin kunlarda yangicha yondashuvlar va shartlarni muhokama qilishini maʻʻlum qildi.