16.01.2025 13:02
636
Isroil sulhni buzyaptimi?
Isroil sulhni buzyaptimi?
Oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi kelishuv eʻʻlon qilinganiga qaramay, Isroilning Gʻazo sektorini bombalashi oqibatida bugun ertalabdan beri 50 ga yaqin odam halok boʻldi. Ularning orasida ayollar va bolalar bor.
Gʻarbga yaqin manbalarning yozishicha, Isroil sulh bitimini tasdiqlashdan bosh tortmoqda. Bosh vazir Binʻyamin Netanʻyaxu bunga HAMAS kelishuvlarning ayrim qismlaridan qaytganligini sabab qilib keltiryapti.
Qizigʻi ushbu bayonot Gʻazoda 15 oylik urushga chek qoʻyishi mumkin boʻlgan sulh eʻʻlon qilinganidan 24 soat oʻtmay, yangradi.
Falastin qarshilik harakati siyosiy byurosi aʻʻzosi Izzat al-Rishq esa HAMAS kelishuvga sodiq ekanini taʻʻkidlagan.
Biroq Isroil teleradiokompaniyasi (KAN) bosqinchi mamlakat hukumati muhokamalar davom etayotgani sababli kelishuvni tasdiqlashni ortga surayotgani haqida xabar bergan.