23.01.2025 08:07

Isroil qoʻlga kiritilgan qurollarni Ukrainaga topshirishi mumkin



Ukrainaning Isroildagi elchixonasi maʻʻlum qilishicha, Tel-Aviv Gʻazo va Livanda qoʻlga kiritilgan Rossiyada ishlab chiqarilgan qurollarni Ukraina hukumatiga topshirish tashabbusini koʻrib chiqmoqda.

21 yanvarʻ kuni Ukrainaning Isroildagi elchisi Evgeniy Korniychuk Isroil tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sharen Xaskel bilan uchrashuv oʻtkazib, tashabbus uchun minnatdorchilik bildirdi. Ukraina bunday qadamni "umumiy tahdidlarni tan olishda muhim qadam" deb atadi.

Hozircha Isroil rasman qurollarni topshirishga tayyorligini tasdiqlagani yoʻq, ammo mahalliy manbalar Hizbullohdan tortib olingan qurollar ham Ukrainaga oʻtkazilishi mumkinligini xabar qilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, noyabrʻ oyida Isroil Ukrainaga raketa hujumlaridan erta ogohlantirish tizimlarini topshirgan edi.