06.01.2025 17:16
680

Isroil Misrni tinchlik kelishuvlarini buzganlikda aybladi


Isroil hukumati Misrning Sinay yarim orolida harbiy infratuzilmani mustahkamlash harakatlarini tanqid qilib, Kemp-Devid tinchlik kelishuvlari shartlarining buzilgani haqida ogohlantirdi.

Isroil xavfsizlik manbalariga koʻra, Misr demilitarizatsiya qilinishi shart boʻlgan hududda harbiy istehkomlar barpo etib, mojarolar yuzaga kelgan taqdirda Isroilning operatsiyalariga toʻsqinlik qiladigan toʻsiqlar qurmoqda. Mazkur harakatlar xalqaro shartnomalarga zid ekani taʻʻkidlanmoqda.

Biroq Qohira bunday ayblovlarni rad etib, oʻz hududiy yaxlitligi va xavfsizligini himoya qilish uchun bunday choralar zarurligini qayd etmoqda. Misr hukumati vakillari terrorizm tahdidlari ortib borayotganini, shu sababli Sinayda xavfsizlik mustahkamlanishi kerakligini taʻʻkidladi.

Isroilning tanqidi oʻzining ham bir necha bor kelishuvlarni buzgani fonida jamoatchilik eʻʻtiborini tortmoqda. Ayniqsa, Filadelfiya koridoridagi harbiy operatsiyalar Kemp-Devid kelishuvlariga zid harakatlar sifatida tan olingan edi. Misrning hozirgi strategiyasi aynan shunday qonunbuzarliklarga javob sifatida baholanmoqda.

Siyosiy tahlilchilar fikricha, Isroilning bu tanqidi uning Misr tomonidan ehtimoliy hujumlarga qarshi koʻrayotgan tayyorgarliklaridan qoniqmasligini aks ettiradi.

Kemp-Devid kelishuvlari boʻyicha uzoq yillik tinchlikni taʻʻminlash muhim vazifa boʻlib qolmoqda, ammo bu kelishuvlarning qayta koʻrib chiqilishi zarurati haqidagi savollar ham kun tartibiga chiqishi mumkin.