28.05.2025 07:14
57
Isroil matbuoti: Hukumat ishgʻol qilingan Falastin erlarida 22 ta yangi yashash punkti qurilishini maъqulladi
Isroil Xavfsizlik kabineti ishgʻol ostidagi Gʻarbiy Sohilda bosib olingan Falastin erlarida 22 ta yangi noqonuniy yashash punkti qurilishini maъqullagani xabar qilindi.
Mahalliy matbuotda chiqqan xabarda, mudofaa vaziri Israel Kats va oʻta oʻngchi moliya vaziri Bezalel Smotrich tomonidan Gʻarbiy Sohildagi bosib olingan Falastin erlarida 22 ta yangi noqonuniy yashash punkti tashkil etish taklif etilgani taъkidlandi.
Kabinet mazkur taklifni oʻtgan haftada oʻtkazilgan maxfiy ovoz berishda maъqullab, Gʻarbiy Sohilda 22 ta yangi noqonuniy yashash punkti qurilishiga rozilik bergani bildirildi.
Gʻarbiy Sohilda faoliyat yuritayotgan «Yesha kengashi» nomli tashkilot rahbari Israel Gants mahalliy matbuotga bergan bayonotida hukumatning bu qadamini 1967 yilda Gʻarbiy Sohil ishgʻol qilinganidan buyon qabul qilingan «eng muhim qaror» deb baholadi.
Tel-Aviv rasmiylari tomonidan bosib olingan Falastin erlari ustida 22 ta yangi noqonuniy yashash punkti qurish toʻgʻrisidagi qaror boʻyicha hozircha rasmiy izoh berilmadi.
Ayni paytda Isroil tomonidan ishgʻol qilingan Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddusda bosib olingan Falastin erlari ustida 250 ga yaqin noqonuniy yashash punkti mavjud.
Falastin shaharlari hatto qishloqlarini ham bir-biridan ajratib turadigan ushbu noqonuniy yashash punkti ishgʻolni yanada chuqurlashtirmoqda.
Ayni paytda isroilliklar Gʻarbiy Sohilda tez-tez falastinliklar qishloqlariga hujum qilmoqda, uylar, avtomobillar hamda dehqonchilik erlarini yoqib yubormoqda, zaytun daraxtlarini kesmoqda.
Falastin erlarini bosib olgan isroilliklar hujumlari natijasida Gʻarbiy Sohilda ishgʻol qoʻl ostidagi falastinliklarning hayoti yanada ogʻirlashmoqda.