isroil* hukumati: “Asirlar - asosiy maqsad emas”
isroil* Moliya vaziri va oʻta oʻng qanotdagi “Diniy sionizm” partiyasi etakchisi Betsalel Smotrich, Gʻazo hududidagi isroillik asirlarni ozod etish hukumat uchun ustuvor vazifa emasligini ochiq eъlon qildi.
“Haqqni tan olish kerak: asirlarni qaytarish biz uchun eng muhim vazifa emas”, dedi u isroil* radiosiga bergan intervyusida. Unga koʻra, isroil*ning asosiy maqsadi — Gʻazo bilan olib borilayotgan urushda gʻalaba qozonishdir.
TRT nashrining maъlum qilishicha, bundan avval ham Bosh vazir Binyamin Netanyaxu urushni toʻxtatmasligini bir necha bor taъkidlagan edi, hattoki HAMAS asirlarni oʻt ochishni toʻxtatish evaziga almashishga tayyorligini bildirgan boʻlsa ham.
isroil* demokratlari rahbari Yaъir Golan Smotrichni qattiq qoralab, uni “Netanyaxu hukumatining asl yuzi — inson hayoti va qadriyatlarini qurbon qilishni siyosiy strategiyaga aylantirgan tuzum” deb atadi.
Liberal yoʻnalishdagi “Esh Atid” partiyasi deputati Yoray Lahav Xerçanu esa uni oʻz millatining bir qismi sifatida qabul qilmasligini bildirdi.
(isroil* - Bu "Azon Global"ning pozitsiyasini ifodalaydi)