29.05.2025 08:27
101
Isroil genotsidining 600-kuni: Gʻazoda 56 falastinlik oʻldirildi
Isroilning Gʻazo sektoridagi bosqin va qirgʻinlari 600 kundan buyon toʻxtayotgani yoʻq. Har kuni yuzlab falastinliklar halok boʻlayotgan, jurnalistlar va gumanitar xodimlar nishonga olinayotgan, aholi esa qochqinlik va ochlik girdobida qolayotgan bir paytda, jahon hamjamiyatining sukuti va baъzi davlatlarning jiddiy diplomatik choralari oʻrtasida vaziyat yanada chigallashmoqda. Quyida genotsidning 600-kuni – 28 may holati boʻyicha eng soʻnggi maъlumotlar keltiriladi.
— Isroilning Gʻaza sektoridagi genotsidi 600 kundan buyon davom etmoqda.
— Gʻazoda halok boʻlgan falastinliklar soni 54 084 nafarga etdi.
— BMning Butunjahon oziq-ovqat dasturi (WFP) bilan hamkorlik qiluvchi, bosh qarorgohi Istanbulda joylashgan xalqaro gumanitar tashkilotning besh nafar xodimi Isroil hujumlari oqibatida halok boʻldi, yana ikki kishi ogʻir jarohat oldi.
— Ispaniya, Irlandiya, Sloveniya va Norvegiya 2023 yilda Falastin davlatini rasman tan olgandan soʻng, ikki davlatli echimni amalga oshirish boʻyicha oʻz majburiyatlarini tasdiqladi.
— 2023 yil 7 oktyabridan beri Isroil tomonidan oʻldirilgan jurnalistlar soni 221 nafarga etdi.
— Soʻnggi qurbon — mahalliy Al-Quds Today TV telekanalida operator va videotahrirchi sifatida ishlagan jurnalist Mutaz Rajab boʻldi.
— BMning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) Gʻazo sektorini “er yuzidagi eng och qolgan joy” deb taъrifladi.
— Chili Gʻazodagi falastinliklarning ogʻir gumanitar holati tufayli, Telь-Avivdagi harbiy, mudofaa va havo kuchlari attashelarini qaytarishini eъlon qildi.
— Chorshanba kuni oʻnlab isroillik namoyishchilar Telь-Avivdagi hukmron «Likud» partiyasi qarorgohiga bostirib kirib, Gʻazoda qarshilik guruhlari tomonidan ushlab turilgan garovdagi shaxslarni ozod qilish boʻyicha kelishuv talab qilishdi (manba: Yedioth Ahronoth).