18.01.2025 12:45
652

Isroil Gʻazodagi sulhni nishonlashni taqiqladi


Isroil qamoqxona xizmati Gʻazo sektori boʻyicha oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvi ortidan ozod qilinayotgan falastinliklarning ozodlikka chiqishini nishonlashga yoʻl qoʻymaslikka qaror qildi. Qamoqxona xizmati komissari Kobi Yakobi qamoqxonalarda ommaviy quvonch namoyishlarini nazorat qilish uchun maxsus choralar koʻrgani xabar qilindi. Shuningdek, Qizil Xoch avtobuslaridan foydalanishga cheklovlar joriy etildi.

Maʻʻlumotlarga koʻra, Isroil qamoqxonalarida ozod etilishi kutilayotganlar orasida 95 nafar falastinlik ayol va bolalar bor. Asirlarni almashish boʻyicha soʻnggi kelishuv 2023 yil noyabrʻ oyida amalga oshirilgan boʻlib, unda 240 nafar falastinlik ozod qilingan edi.

Mutaxassislar taʻʻkidlashicha, bolalar va fuqarolarning qamoqqa olinishi xalqaro huquqlarga zid boʻlib, Isroilning Gʻarbiy Sohildagi harbiy qonuniy tizimi inson huquqlari bilan bogʻliq jiddiy muammolarni yaratadi.

Falastinliklar uchun mahbuslarni ozod qilish Isroil bilan muzokaralarda doimiy talablardan biri boʻlib qolmoqda.