19.05.2025 06:35
119

isroil Gʻazoda yangi qurolli yurishni boshladi

18 may kuni isroil armiyasi Gʻazo sektorida yangi qurolli yurish boshlanganini maъlum qildi. Bu operatsiya «Gideъon aravalari» deb nomlandi.

TsAHAL (Isroil mudofaa armiyasi) vakillarining xabar berishicha, soʻnggi bir kunda qoʻshimcha rezervchilar yordamida Gʻazo shimoli va janubida keng koʻlamli qurolli amaliyotlar boshlangan. Armiyaning maъlum qilishicha, «oʻnlab terrorchilar yoʻq qilindi, terrorchilik infratuzilmalariga zarba berildi va ayni paytda muhim nuqtalarda joylashtirilmoqda».

HAMAS nazoratidagi Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi maъlumotlariga koʻra, mintaqa shimolidagi uchta davlat shifoxonasi faoliyatni toʻxtatgan. Tungi havo hujumlarida kamida 130 nafar kishi halok boʻlgan. Soʻnggi haftada Isroil zarbalaridan 464 nafar falastinlik halok boʻlgan.

Isroilning tungi zarbalaridan biri Gʻazo janubidagi Xon-Yunusda koʻchirilganlar uchun moʻljallangan lagerni nishonga olgan. Unda ayollar va bolalar halok boʻlgan, oʻnlab kishi yaralangan, bir necha chodir yongan.

Keyinroq Gʻazo shimolida qisman ishlab turgan Indoneziya shifoxonasi ham atrofdagi artilleriya oʻqi zarbalari tufayli faoliyatini toʻxtatgan.