06.12.2024 09:19
752
Isroil bosib olingan Gʻarbiy Sohilda 2400 gektar erni musodara qilmoqda
Isroil bosib olingan Gʻarbiy Sohilda "aholi punktlarini kengaytirish uchun" 24 ming doʻnim - 2400 gektar erni musodara qilmoqda. Isroil matbuotiga koʻra, bu soʻnggi yillardagi eng yirik annektsiyalardan biri.
Isroil moliya vaziri, oʻta oʻng kuchlar vakili Bezalel Smotrix bosib olingan Gʻarbiy Sohildagi 24 ming doʻnam (2400 gektar) er musodara qilinganini eʻʻlon qildi. Unga koʻra, bu hududlar annektsiya qilingan va Isroil aholi punktlarini kengaytirish uchun «davlat» deb eʻʻlon qilingan.
Isroilning 14-kanaliga koʻra, gap soʻnggi yillardagi eng yirik annektsiyalardan biri haqida ketmoqda. Lavhada taʻʻkidlanishicha, "qaror 1993 yilda Oslo kelishuvlari imzolangandan beri ochiq deb eʻʻlon qilingan erlarning qariyb yarmini qamrab oladi". Nashrning qayd etishicha, yaqin vaqtgacha bunday hududlarning umumiy hajmi 50 ming doʻnimdan oshmagan.
Isroil rasmiylari bu borada hozircha rasmiy bayonot bergani yoʻq.
Bosqin ostidagi Gʻarbiy Sohilda 451 ming, Sharqiy Quddusda esa 230 mingga yaqin isroillik koʻchmanchi bor. Falastin erlarini tortib olishga qaratilgan bu harakatlar xalqaro huquqqa muvofiq noqonuniy hisoblanadi.
Isroillik koʻchmanchilar Falastin qishloqlari va aholi punktlariga muntazam hujum qilib, mahalliy aholining turmush sharoitini yomonlashtirmoqda.
2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroil harbiylari va koʻchmanchilarning ishgʻol ostidagi Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi hujumlari natijasida 805 nafar falastinlik, jumladan 167 nafar bola halok boʻldi.

