25.02.2025 10:15
423
Isroil bir arab qishlogʻini 236-marta buzib tashladi
Isroil 2010 yil yozidan buyon badaviy arablar istiqomat qiluvchi Araqib qishlogʻini 236-marta buzib tashladi. Qishloq aholisi har bir buzilishdan keyin uylarini tiklaydi.
Isroil qoʻshinlari Najaf choʻlidagi falastinlik badaviylarning Araqib qishlogʻini yana vayron qilib, mahalliy aholini boshpanasiz qoldirdi.
Falastinning WAFA rasmiy xabar agentligi maъlumotlariga koʻra, Isroil ilk bor 2021 yilning 27 iyulь kuni falastinliklarning turar-joy huquqidan mahrum etib, uy-joylarini buzishni boshlagan.
Xabarda Isroil askarlarining 2010 yildan beri yogʻoch va chodirlardan boshpana qurishga harakat qilgan falastinliklar qishlogʻini vayron qilgani qayd etilgan. Badaviylarning Araqib qishlogʻi 236-marta buzib tashlandi.
Qishloqda 22 falastinlik oiladan 86 kishi istiqomat qiladi.
Falastinlik qishloq aholisi Isroil askarlari tomonidan har bir vayron boʻlganidan keyin oʻz uylarini tiklab, qarshilik koʻrsatishda davom etmoqda.
Isroil Najaf hududidagi boshqa qishloqlar singari Araqibni ham elektr va suv kabi asosiy xizmatlar bilan taъminlamaydi va bu hududda yashovchi falastinliklarning er egaligini tan olmaydi.
Falastin manbalariga koʻra, Tel-Aviv maъmuriyati hozirgacha 220 ming falastinlik istiqomat qiluvchi Najaf choʻlining 12 million gektar maydonidan 11 millionini oʻzlashtirgan.

