29.05.2025 07:34
101
Isroil askarlari Livan hududiga kirdi, BMT tinchlikparvarlari toʻxtatib qoʻyildi

Isroil harbiylari buldozer va piyoda qoʻshinlari hamrohligida Livanning janubida joylashgan Blida shaharchasining Bir Shuayb mahallasigacha kirib bordi. Bu haqda Livan rasmiy axborot agentligi NNA maъlum qildi.
Xabarda qayd etilishicha, Isroil askarlari Livan armiyasi joylashgan nuqtaga 200 metrgacha yaqinlashgan. Voqea ortidan Livan armiyasi sharqdagi postga qoʻshimcha kuchlarni yubordi.
Isroil bilan Livan oʻrtasida 2024 yil 27 noyabrda tuzilgan oʻt ochmaslik kelishuviga qaramay, Isroil armiyasi uni muntazam buzmoqda. Isroil qoʻshinlari chegaradagi beshta nuqtada hozir ham qolmoqda. Havo va quruqlikdagi hujumlar orqali chegaraga yaqin hududlarda katta vayronagarchilik yuzaga kelgan.
BMT tinchlikparvarlari ham toʻsqinga uchradi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Livandagi vaqtinchalik tinchlikparvar missiyasi (UNIFIL)ning maъlum qilishicha, Yater shaharchasida patrullikka chiqqan bir boʻlinma fuqarolik kiyimidagi shaxslar tomonidan toʻxtatilgan.
Qayd etilishicha, patrul Livan armiyasi bilan muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirilgan va yarim soatga toʻxtagan boʻlsa-da, oʻz vazifasini yakunlagan. Shunga qaramay, mahalliy OAVda UNIFIL askarlari aholiga qurol yoʻnaltirgani haqida tarqalgan xabarlar rad etildi.
UNIFIL tpshkilotining taъkidlashicha, oʻz faoliyatini BM Xavfsizlik Kengashining 1701-sonli rezolyutsiyasi asosida olib bormoqda va har qanday aralashuv qabul qilinmasligi lozim.
Maъlumot uchun: UNIFIL 1978 yilda Livan hukumati soʻroviga koʻra tashkil etilgan. 2006 yilda qabul qilingan 1701-sonli BM Qaroriga koʻra, Isroil Moviy chiziq ortiga chekinishi, Litani daryosigacha boʻlgan hudud esa faqat Livan armiyasi va UNIFIL nazoratida boʻlishi lozim.