15.12.2023 14:33
Isroil armiyasi Livan janubidagi chegara hududlariga varaqalar tashladi
Isroil samolyotlari Livan havo hududini buzib, chegara hududidagi Kfar Shuba qishlogʻi aholisiga “ogohlantiruvchi varaqalar” uloqtirdi, deya xabar qildi Anadolu Livanning NNA axborot agentligiga tayanib.
Livan janubi aholisiga qaratilgan varaqalarda "Hizbulloh" Isroil davlatiga qarshi kurashishda ish joylari, qishloq xoʻjaligi erlari va fuqarolar uylariga kirib borayotgani, shuningdek, xususiy mulklardan «terrorchilik» rejalari uchun foydalanayotgani" aytilgan.
Bundan tashqari, varaqalar janub aholisini oʻz xavfsizligi uchun "Hizbulloh"ni toʻxtatishga va ehtiyot boʻlishga chaqiradi.
“Haqiqiy xavf - "Hizbulloh" aʻʻzolarining turar-joylarda yashirinishda davom etishi. Bu sizga ham zarar keltiradigan narsa”, - deyiladi varaqalarda.
Chegarada "Hizbulloh" harakati va Isroil armiyasi askarlari oʻrtasidagi toʻqnashuvlar 8 oktyabrdan beri davom etmoqda. Ushbu toʻqnashuvlar paytida "Hizbulloh"ning yoʻqotishlari 105, Isroil armiyasi esa 6 kishini tashkil etmoqda.
Bundan tashqari, toʻqnashuvlarda Livanda 24 nafar, Isroilda esa 5 nafar tinch aholi halok boʻlgan.