Isroil armiyasi Erondagi harbiy nishonlarga zarba berdi
Isroil mudofaa kuchlari “Eron rejimining Isroil davlatiga bir necha oydan beri davom etayotgan hujumlariga javoban” shanbaga oʻtar kechasi harbiy samolyotlar yordamida Eron va Suriyadagi bir qancha harbiy nishonlarga zarbalar berdi.
Isroil mudofaa kuchlari (TsAXAL) 26 oktyabrʻ, shanbaga oʻtar kechasi Erondagi nomaʻʻlum harbiy
obʻʻektlarga javob hujumi uyushtirilganini eʻʻlon qildi.
“Eron rejimining Isroil davlatiga bir necha oydan beri davom
etayotgan hujumlariga javoban Isroil mudofaa kuchlari hozirda Erondagi harbiy
obʻʻektlarga aniq
zarbalarini bermoqda”, — deyiladi TsAXAL bayonotida.
NBC News xabariga
koʻra, Isroil nishonlari orasida Tehrondagi kazarma va qurol ombori boʻlgan. Oʻz navbatida, Fars
agentligi havo zarbalari nishoni
Tehron janubi va janubi-gʻarbidagi harbiy bazalar boʻlganini xabar qildi.
Eron davlat matbuoti hujum paytida Tehrondagi ikkala
aeroport ham “normal rejimda” ishlaganini xabar qildi. Biroq keyinroq rasmiylar
havo hududini butunlay yopdi. Irna davlat axborot agentligining favqulodda xizmatlardagi
manbalariga tayanib xabar berishicha, Tehronda qurbonlar qayd etilmagan, poytaxtda
internet butunlay
uzilgan. Iroq ustidagi havo hududi ham butunlay yopilgan.
Tehron va poytaxtning shimoliy chekkasidagi Karaj aholisi kamida ettita portlash
ovozini eshitgan. Portlashlar manbasi nomaʻʻlum, ammo Eron davlat televideniesi bu
havo hujumidan mudofaa
tizimlari ishi boʻlishi mumkinligi haqidagi versiyani namoyish qildi.
TsAXAL:
Missiya bajarildi
Keyinroq agentliklar mahalliy OAVga tayanib, Eron poytaxti
markazida kuchli portlash va “uzoq davom etgan shovqin”, shuningdek, havo hujumidan
mudofaa tizimlari ishlagani
haqida xabar berishdi. ABC News xabariga
koʻra, Isroil armiyasining Erondagi nishonlarga zarbalari davom etmoqda. Isroil
telekanallari oʻz manbalariga tayanib, Eronga hujumlarning ikkinchi toʻlqini haqida
xabar bermoqda. Amerikaning Axios axborot portali esa hujumlarning ikkinchi va uchinchi
toʻlqini boʻlganini maʻʻlum
qildi.
Channel 12
telekanalining Eron manbalariga tayanib xabar berishicha, hujum qilinayotgan
nishonlar orasida Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi qoʻmondonlik punkti ham bor.
Shanba kuni ertalab Isroil armiyasi vakillari Erondagi
operatsiya yakunlangani haqida eʻʻlon qildi.
"Samolyotimiz
uyga xavfsiz tarzda qaytdi. Qasos
zarbasi yakunlandi, topshiriq bajarildi", deyiladi TsAXAL xabarida.
SANA:
Suriya havo hujumidan mudofaa kuchlari Isroil raketalarini tutib oldi
SANA Suriya
davlat axborot agentligi Suriyaning markaziy va janubidagi harbiy obʻʻektlarga
havo hujumlari uyushtirilgani haqida xabar berdi. Qayd etilishicha, “Isroil
tomonidan bosib olingan Suriyaning Golan tepaliklari va Livan hududlaridan”
uchirilgan Isroil raketalari Suriya havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan
tutib olingan.
Shanba
kuni ertalab Suriya davlat televideniesi Damashq yaqinidagi qishloqlarda va
mamlakatning markaziy mintaqasida ham portlash ovozlari eshitilgani haqida xabar
bergan edi. Biroq TsAXAL bayonotida Suriyadagi nishonlarga hujum qilish haqida hech
narsa aytilmagan.