Saudiya Arabistonining Makka shahrida joylashgan eng moʻʻʻtabar va ulkan masjid Masjidul Harom va Islomning ikkinchi moʻʻʻtabar maskani, Madina shahridagi Masjidun Nabaviy masjidiga yangi imomlar tayinlandi. Bu haqda Islom.uz nashri theislamicinformation.com saytiga tayanib xabar berdi.

Qirol Salmon ikki Muqaddas masjidga toʻrtta yangi imomni tayinlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.

Ushbu farmonga koʻra, Masjidul Haromga shayx Badr Al-Turki va shayx Valid Al-Shamsan imom etib tayinlandi.

Shuningdek, shayx Muhammad Barhajiy va shayx Abdulloh Al-Qarafiylar Madinai Munavvara shahridagi Masjidun Nabaviy masjidiga imom etib tayinlandi.

Ushbu masjid ichida Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam, Abu Bakr Siddiq va Umar ibn Xattob roziyallohu anhumolarning qabrlari joylashgan.

Mavzuga aloqador