Husiylar Qizil dengizda Yunonistonning MV Sounion neftʻ tashuvchi kemasiga hujum uyushtirdi. Hujum natijasida kemada kuchli portlash sodir boʻldi. Britaniya kema ekipaji qutqarilgani, biroq uning oʻzi jiddiy shikastlanib, dengizda qolib ketganini maʻʻlum qildi.

Yamanning Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan «Ansorulloh» harakati (husiylar) Qizil dengizda Yunonistonning MV Sounion neftʻ tashuvchi kemasiga uyushtirilgan hujumi tasvirlarini eʻʻlon qildi.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda Yunoniston kemasiga qilingan hujum va urilgandan keyin uning alangalanishi aks etgan video tarqaldi.

Husiylar ushbu hujum "Isroil portlariga kirish taqiqini buzganligi" munosabati bilan amalga oshirilganini maʻʻlum qildi.

Oʻz navbatida, Britaniyaning Sanadagi elchisi Abda Sharif hujumga uchragan kema ekipaji qutqarilgani, katta zarar koʻrgan kema Qizil dengizda qolib ketganini maʻʻlum qildi.

The Telegraph nashrining yozishicha, AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning 2023 yil dekabrʻ oyida Qizil dengiz janubidagi tijoriy kemalarga husiylarning hujumlariga javoban boshlangan “Farovonlik qoʻriqchisi” operatsiyasi ish bermadi.

Qayd etilishicha, operatsiyadan maqsad husiylarni keyingi hujumlardan qaytaradigan yagona xalqaro jabhani taʻʻminlash edi. Bundan tashqari, xavf va sugʻurta xarajatlari bilan bogʻliq xavotirlar tufayli Umid burni atrofidagi uzoq yoʻlni bosib oʻtishni boshlagan yuk tashish kompaniyalarini ishontirish uchun moʻljallangan edi.

Mavzuga aloqador