14.10.2024 08:20
775

Hizbulloh Isroildagi harbiy bazaga dron bilan hujum qildi: eng kamida 4 askar oʻldi

Hizbulloh Isroildagi harbiy bazaga dron bilan hujum qildi: eng kamida 4 askar oʻldi

Hizbulloh Isroilning Hayfa portiga uchuvchisiz uchoq bilan muvaffaqiyatli hujum qildi. Natijada 4 askar oʻlgani, 67 tasi yaralangani tasdiqlandi. Hujum harbiylar kechki ovqat vaqtida amalga oshirilgan, Isroil havo hujumidan mudofaa va ogohlantirish tizimlari ishlamagan.

Hizbulloh Isroilning Hayfa janubidagi harbiy bazaga uchuvchisiz uchoq orqali hujum uyushtirishi natijasida eng kamida 4 ta harbiy oʻldi, yaralanganlar soni 67 taga etdi, ulardan 4 tasining ahvoli ogʻir.

Hizbulloh oʻz bayonotida, Gʻazodagi Falastin qarshiliklari bilan birdamlikda, Livan va uning xalqini himoya qilishda hamda Bayrutning Basta va Nuveyri hududlariga qilingan hujumlarga javoban, "Isroil armiyasining Glolani brigadasining Hayfa janubidagi Binyamin hududida joylashgan mashgʻulot bazasiga uchuvchisiz havo vositasi orqali hujum qilindi”.

Hizbulloh oʻz mamlakati va xalqini himoya qilish boʻyicha majburiyatlarini bajarishga tayyorligi va “dushmanni jilovlash vazifasidan chekinmasligi”ni bildirdi.

Isroil armiyasi matbuot kotibining maʻʻlum qilishicha, 4 ta askar oʻlgani, 7 tasi jarohatlangan. Oʻlganlar va yaralanganlarning oilalariga xabar qilingani aytildi. Isroil matbuoti hujum haqida xabar berar ekan, “urush boshlanganidan buyon eng ogʻir hodisalardan biri” boʻlganini qayd etib oʻtdi.

Hizbulloh oʻtgan tunda Isroilning boshqa hududlariga ham dron va raketalar yordamida 37 ta operatsiyani amalga oshirdi. Isroil manbalari kamida 110 ta harbiy yaralanganini maʻʻlum qildi.