Hindistonda ommaga noodatiy Qurʻʻon taqdim etildi
Hindiston Kashmiridagi Minpur shahrida dunyodagi eng katta qoʻlda yozilgan Qurʻʻon ommaga taqdim etildi, deb xabar bermoqda Aaj.TV.
Uzunligi 12,5 metr va eni qariyb 3 metr boʻlgan noyob qoʻlyozma
xattot Pir Imtioz Haydar Shoh Nuroniy Mujadadiy tomonidan yozilgan. Urducha izohli
arabcha matn yaratish uchun kotibga 425 kun kerak boʻldi.
Fayoz ushbu ulkan Qurʻʻonni yaratishdan maqsadi nafaqat diniy
eʻʻtiqodlarini eʻʻzozlash, balki kashmirliklarning mahalliy madaniyati va
hunarmandchiligini ham targʻib qilish ekanini taʻʻkidladi. U oʻz ijodi yosh avlodni anʻʻanaviy sanʻʻat va matonatning
qadriga etishga undaydi, degan umidda.
Koʻrgazma butun dunyodan minglab tashrif buyuruvchilarni oʻziga
tortdi, ularning koʻpchiligi ushbu durdona asar ortidagi koʻlam va
saʻʻy-harakatlardan hayratda ekanligini bildirishdi.
Avvalroq Pokistonning koʻplab shaharlarida gʻayrioddiy Qurʻʻon namoyish
etilgan va bu anʻʻana
birinchi marta Kashmirga etib
keldi.
Pokiston Qurʻʻon qoʻlyozmalarini yaratish sanʻʻati bilan mashhur. Jumladan, 2018 yilda pokistonlik
ayol Nasim Axtar matoga Qurʻʻon matnini tikishni yakunladi. U oʻz ishini 1987
yilda boshlagan va 31 yildan keyin tugatdi. Ayolning soʻzlariga koʻra, u tahoratda va bomdod namozidan
keyin oyat matnlarini naqshlagan. Nasim Axtar oʻzining noyob asarini Madinadagi
Qurʻʻoni karim
muzeyiga sovgʻa qildi.