Hindiston mudofaa vaziri Singh: «Sindur operatsiyasi hali yakunlanmadi»
Hindiston mudofaa vaziri Rajnatx Singh, Janubiy Kashmirdagi terror hujumiga javoban Pokistonga qarshi boshlangan «Sindur operatsiyasi» haqida gapirib, «Bu hali yakunlanmadi. Bu faqat treyler edi», dedi.
Hindustan Times nashri xabariga koʻra, Singh Gujarat shtatida joylashgan Bhuj Rudra Mata harbiy-havo bazasiga tashrifi chogʻida jurnalistlarga maъlumot berdi. U Pokistonga qarshi harbiy operatsiya davom etayotganini va natija berishi uchun harakatlar toʻxtamasligini taъkidladi. Shuningdek, u Pokiston faoliyatlari qatъiy kuzatilayotganini bildirdi.
Singh operatsiya davomida Pokiston infratuzilmasiga jiddiy zarar etkazilganini, ayrim havo bazalari yoʻq qilinganini iddao qildi.
Shuningdek, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Hindiston bilan mavjud keskinlik yuzasidan Nьyu-Deli bilan tinchlik haqida gaplashishga tayyor ekanini bildirdi. Dawn nashriga koʻra, Sharif Penjobdagi Kamra harbiy-havo bazasiga tashrifi paytida ikki mamlakat munosabatlariga baho berdi.
U Islomobod maъmuriyati muammolarni tinch yoʻl bilan hal etish tarafdori ekanini va «tinchlik haqida gaplashishga tayyor ekanini» maъlum qildi. Shuningdek, Sharif Paxalgamdagi terror hujumiga Pokiston aloqadorligi haqida Hindiston tomoni aytgan fikrlarni rad etdi.
Pokiston bosh vaziri oʻrinbosari va tashqi ishlar vaziri Ishaq Dar Senatda soʻzlab, 10 may kuni AQSh vositachiligida erishilgan oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvi 18 maygacha uzaytirilganini maъlum qildi. U «Masala oxir-oqibat muloqotga borib taqaladi», dedi. Barcha muammolar muzokara orqali hal qilinishi va jahon jamoatchiligi oldida ham bunday muloqot olib borilishini bildirganini taъkidladi.
22 aprelь kuni Hindistonning Janubiy Kashmirdagi Paxalgam hududida 26 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan terror hujumiga javoban, 6 may kuni Hindiston Pokiston hududi hamda Pokiston nazoratidagi Ozod Kashmirga raketa zarbalari bergan edi. Bu voqealar ikki davlat oʻrtasida keng koʻlamli toʻqnashuvlarning boshlanishiga sabab boʻldi.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bu harbiy amaliyotlarni «Sindur operatsiyasi» deb atagan va uni «iftixor lahzasi» sifatida taъriflagan. Hind tilidagi izohga koʻra, «Sindur» soʻzi turmushga chiqqan hindu ayollari peshonasiga surtiladigan qizil husnobini anglatadi.
Ikki davlat 10 may kuni AQSh vositachiligida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga erishgandi.